“Neftchi” jamoasi ertaga “Obod”ga qarshi o'ynaydi
18 jan 2016 10:35
Yangiliklar
“Neftchi” jamoasi ertaga “Obod”ga qarshi o'ynaydi
19 yanvar kuni Farg'onaning “Neftchi” jamoasi poytaxtdagi yig'in doirasida ilk nazorat o'yinida ishtirok etishini malum qilamiz.
O'tgan mavsum natijalariga ko'ra, birinchi ligada g'olib bo'lib oliy ligaga yo'llanma olgan Toshkentning “Obod” jamoasi seshanba kungi nazorat o'yinida “Neftchi”ga raqiblik qiladi. Toshkent klubiga qarshi uchrashuv “Paxtakor” akademiyasining maydonida o'tishi reja qilingan.
Bahs soat 15:00da start oladi. SHuningdek, farg'onaliklar 22 yanvar kuni Tojikistonning “Istiqlol” jamoasiga qarshi o'yin o'tkazishadi.
Eslatib o'tamiz, Andrey Fyodorov shogirdlari 27 yanvarga qadar Toshkentda shug'ullanishadi. SHundan so'ng jamoa Farg'onaga qaytadi hamda oy so'nggida start oladigan viloyat “Xokim kubogi” turnirida ishtirok etadi.
“Neftchi” PFK matbuot xizmati.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar