"Neftchi" Igor Taran bilan shartnoma imzoladi
02 iyu 2018 17:09
Yangiliklar
"Neftchi" Igor Taran bilan shartnoma imzoladi
CHempionatimizda transfer oynasi ochilganidan beri jamoalar tarkiblarini kuchaytirishda davom etishmoqda.
"Neftchi" jamoasi oldinroq Pro-liga vakili "Zomin" xujumchisi Doston Toshmatov bilan kelishuvga erishilgani haqida malum qilgan edi.
Endi esa birinchi davrani "Qo'qon-1912" jamoasida o'tkazgan tajribali xujumchi Igor Taran "Neftchi" jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Futbolchi bugun "So'g'diyona"ga qarshi o'rtoqlik o'yinida norasmiy debyut o'yinini o'tkazishi kutilmoqda.
Eslatib o'tamiz, bugun 18:15da "To'qimachilar" o'yingohida "Neftchi" jamoasi "So'g'diyona" bilan nazorat o'yinida bellashadi.

"Neftchi" matbuot xizmati
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar