"Neftchi" Igor Taran bilan shartnoma imzoladi

Tolibjon Qosimov
2 iyul 2018
Chempionatimizda transfer oynasi ochilganidan beri jamoalar tarkiblarini kuchaytirishda davom etishmoqda.

"Neftchi" jamoasi oldinroq Pro-liga vakili "Zomin" xujumchisi Doston Toshmatov bilan kelishuvga erishilgani haqida ma'lum qilgan edi.

Endi esa birinchi davrani "Qo'qon-1912" jamoasida o'tkazgan tajribali xujumchi Igor Taran "Neftchi" jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Futbolchi bugun "So'g'diyona"ga qarshi o'rtoqlik o'yinida norasmiy debyut o'yinini o'tkazishi kutilmoqda.

Eslatib o'tamiz, bugun 18:15da "To'qimachilar" o'yingohida "Neftchi" jamoasi "So'g'diyona" bilan nazorat o'yinida bellashadi.



"Neftchi" matbuot xizmati


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: "Нефтчи" матбуот хизмати

O'xshash yangiliklar