So’nggi yangiliklar

20:24Мавсумнинг энг яхши дарвозабонлари рейтинги тузилди. АПЛ ва Лига 1 вакиллари етакчилик етакчилик қилмоқда  0 20:02Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" "Хоразм ФА"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, "Цементчи"га техник мағлубият ёзилди  2 19:06Лига 1 2024/25 йилги мавсуми рамзий жамоаси эълон қилинди  2 18:41Тошкентда ютган мураббий ва футболчи, мавсумдаги илк ғалабага эришган посбон, "Жар"да супергол урган футболчи — Суперлигада 10-турнинг энг яхшилари  0 18:26Бундеслига 2024/25 йилги мавсуми рамзий жамоаси эълон қилинди  2 17:49Токотаев, Кичин, Алмазбеков, Мерк, Кожо... Қирғиз Республикасининг КХДР ва БААга қарши учрашувлар учун кенгайтирилган таркиби маълум  8 17:24Жиянов, Исмоилов, Бубанья, Жумаев ва бошқалар... Суперлига 10-тур рамзий терма жамоаси   0 16:43Дэвид Бекхэм Рубен Аморимнинг МЮдаги фаолияти ҳақида: "Уни қўллаб-қувватлаш керак, кейин натижани кўрасиз"  2 16:16ЎФА мураббийлар кенгаши йиғилишида МТЖнинг ЖЧ саралаши ва U-17 термасининг мундиалга тайёргарлиги муҳокама этилди  4 15:52Остон Ўрунов: "Ўтган мавсумдан сўнг етарлича дам олмаганим ва тиғиз тақвим туфайли мукаммал жисмоний ҳолатга кира олмадим"  19 15:27Кака Бразилия терма жамоасида Карло Анчелоттига ёрдам бериш истагини билдирди  3 14:59Ҳимояда ҳеч қандай муаммо бўлмайди. "Реал"нинг 4 нафар ҳимоячиси КЖЧда иштирок этиши мумкин  1 14:35Аббос Файзуллаев кечаги хатоси учун ЦСКА мухлисларидан кечирим сўради  14 14:08Агент Клоппнинг "Рома"га тайинлови масаласида баёнот берди  3 13:44ЎФА вакиллари "Шўртан" футбол академиясида бўлди  0

"Paxtakor" mavsum boshlanmay imkoniyatni boy berdi. "Neftchi" chempionmi? Yangiliklar

"Paxtakor" mavsum boshlanmay imkoniyatni boy berdi. "Neftchi" chempionmi?

Bu erda hali "Nasaf" va jamoaviy tarkibi shakllangan OKMK bor. "Navbahor" o'yindan chiqdi.

"ANDIJON"NING TRANSFERLARI HALI OLDINDA

Kechagi transfer oqshomida "Neftchi" hech kimga gap bermadi. Yaxshi saviyadagi futbolchilarni "yog'dirib" tashladi. "Andijon" ham ikkita yaxshi yurish qildi. OCHL bahona klub keyingi 10 ta limitdan ham unumli foydalana olsa kerak. O'z paytida "Ordabasi"ni chempion qilgan Ulug'bek Asanbaevning shogirdi Davron SHoymardonov bugun klubning sport direktori lavozimida ish boshlagani, transferlar chog'i Umarov, Yaxshiboev, Norchaev kabi yaxshi saviyadagi futbolchilarni "burgutlar" safiga qo'shilishini taxmin qilish mumkin. Doniyor Abdumannopov O'zbekiston chempionati uchun zo'r futbolchi. Rahimov ham chakki emas. Xomyakov esa futbolchilarni o'ynatishni biladigan murabbiy. Agar klub u bilan xayrlashsa, katta xato qilgan bo'ladi.

Doniyor Abdumannopov "Andijon" futbolchisi

Valijon Rahimov "Andijon" safiga borib qo'shildi

"NEFTCHI" YARIM ISHNI QILIB BO'LDI, OLDINDA ASOSIYSI

So'nggi marotaba 2007 yil maza qilib ko'rganimiz o'zbek klassikosi bu yil yana qaytadigan ko'rinadi. "Paxtakor" va "Neftchi" o'rtasidagi super to'qnashuvlarni ko'rmay qo'yganimizga ham ancha bo'ldi. Yovovich juda zo'r transfer, Ismoilov va Marushich ham yaxshi saviyadagi futbolchilar. Agar bular orasiga kutilayotgan ikki transfer, CHeran va Sobirxo'jaev qo'shilsa, farg'onalik muxlislar 2026/27 yilgi Elit OCHLga tayyorgarlik ko'rsalar bo'laveradi. Hamrobekov, Sayfiev, Masharipov va Alijonov kabi MTJ o'yinchilari oldida ham qiyin tanlov turibdi. CHeran kelsa Ciger jamoani limit sabab tark etadi. "Nasaf"mi yoki "Paxtakor"? Lekin pul va "jelaniya" bo'yicha ustunlik Farg'onada. Jafar Irismetov futbol odami, uning jamoaga kelishi amplualar bo'yicha aniq transferlarni amalga oshishiga olib kelyapti. Levchenko jamoada qolsa, rohat oladigan tarkib. 

"PAXTAKOR" AUT(MI)?

Poytaxtdagi muhit futbolchilarni sergak torttirgan. So'nggi paytlarda klub atrofida bo'layotgan o'zgarishlar yaxshilik tomonga emas, jamoa muxlislarining zarariga ishlayapti. 6 yil davomida klub uchun jonini bergan Sobirxo'jaev va CHeranga hatto muxlislar bilan xayrlashib olish imkoniyati berilmadi. Hamdamov, Alijonov va Hamralievning shartnomasi yakuniga etgan. Ularning jamoada qolishi nomalum. Bu orada Abdumannopov, CHeran va Sobirxo'jaev klubdan ketib bo'ldi. Jamoaning "short listidagi" o'yinchilar bilan "Neftchi" allaqachon yo shartnoma imzoladi yo kelishuvga erishdi. Yangi murabbiy legionerlar orqali jamoa shakllantirmoqchidir, ammo bizning chempionatga pas baho berib, "kelgindilar" bilan jamoani to'ldirib qo'yish extimoli ham yo'q emas. Yangi mavsum oldidan klub muhim transferlarni boy berdi.

"NASAF" TARKIBNI SAQLAB QOLSA YAXSHI, AMMO...

Ammosi shundaki, "Nasaf"ning asosiy tarkib o'yinchilarining deyarli barchasining shartnomasi yakuniga etib bo'lgan. Nasrullaevdan tortib, Abduxoliqovgacha. Bozorovdan Mozgovoygacha. Mana shu chempion tarkib so'nggi 6 ta turda imkoniyatni boy berdi. Yangi mavsumdagi Elit OCHL qanday kuchli turnir ekanligini "Paxtakor" misolida ko'rdik. Kelasi yili ham Osiyo maydoni, ham Superligada yaxshi natija qayd qilish uchun Ro'ziqul Berdievga tarkibni saqlab qolgan holda, zaxiraga ham sifatli o'yinchilar olishi kerak bo'ladi. Ammo bugun "Nasaf" futbolchilari bilan kelishuvga erishganligi haqida gap so'z eshitmadik. Bobur Abduxoliqov va Oybek Bozorov "Andijon", Nasrullaev va Mozgovoy "Neftchi"ni kuchaytirishi mumkinligini "Nasaf"dagilar ham yaxshi tushunib turgan bo'lsalar kerak.

"NAVBAHOR" O'YINDAN CHIQDI. LEKIN...

So'nggi 3 mavsumda "Navbahor"da chempionlik uchun juda yaxshi imkoniyat va shunga yarasha sharoit bo'lgan edi. Lekin ular bundan foydalana olmadilar. Endilikda klub mahalliy futbolchilarni yig'moqda. Avval aytganimdek tarkibni to'liq yoshartirib yuborish to'g'ri hisoblanmaydi. Bunda Mirzohid G'ofurov singari 3-4 nafar yoshi kattalar ham kerak edi. Kosonsoylik hujumchi SHahzod Ubaydullaev, "Navbahor" yoshlar jamoalarida o'zini ko'rsatgan lekin imkon berilmagan SHerzod G'ulomjonov, Abdug'ani Kamolov kabi futbolchilarni qo'shib oldi. Tabiiyki, chempionlik endi asosiy planda bo'lmasligi aniq. Yangi mavsumda natija emas, futbolchilar kashf qilinishini kutmoqdaman. Sergey Lushchan o'zining murabbiylar shtabini jamlamoqda. Rashid G'ofurov farmdan asosiy jamoaga o'tdi. Ular o'z vaqtida "Bunyodkor"da faoliyat olib borishgan. Murabbiy matbuot anjumanida aytganidek 6 nafar yordamchi so'ragan bo'lsa, bu ro'yxat yana kengayadi. Nomlar bilan hech narsaga erisha olmagan klubning boshqa yo'nalishdagi ishlari qanday kechishi qiziq bo'ladi albatta. 

Reyting: -16   

Fikrlar

   
27 fev 09:18:06
Садриддин Тўланбойев
SHM foydalanuvchining fikriga javob berish
Курдингми духинг йук кишлоки харп
Ў исқирт номерини ёзиб юбор чорт. Ман Фарғона шахрида яшайман санга ўхшаб вилоятни бир четида эмас колхоз. Еркак бўлсанг номерини ёзиб юбор
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика