So’nggi yangiliklar

17:10"Бавария" "Челси" ҳужумчисини ижарага олди  1 17:05CAFA Nations Cup. Ўмон Қирғизистон билан беллашмоқда (онлайн ҳисоб)   6 16:41"Комо" Деле Алли билан шартномани бекор қилди  0 16:14"Челси" Буонанотте трансферини расмийлаштирди  2 15:23"Ал Насср" Ал Нассирни сотиб олди  3 14:56"Ноттингем Форест" "Арсенал" футболчисини ижарага олди  0 14:30Ла Лига етакчиларидан бири "Олтин бутса" соҳиби билан шартнома имзолади  0 14:10Расман: Доннарумма – "Манчестер Сити" янги дарвозабони!  5 13:44Хави Бундеслигада иш бошлаши мумкин  0 13:15"Астон Вилла" Виктор Линделёфни сафига қўшиб олди  0 12:48Арне Слот: "Агар "Ливерпуль" – "Арсенал" ўйини шу йўсинда 10 марта ўйналганида, 8 таси дуранг билан якунланган бўларди"  5 12:27Расман: Эдерсон Туркия клубига ўтди  1 12:09Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Шри-Ланкага қарши қандай либосда ҳаракат қилиши маълум  5 11:51ОФК "Насаф" ҳамда "Андижон" учрашувларида ишлайдиган ҳакамлар номини эълон қилди  13 11:38"Челси" ёзда футболчилар сотувидан ҳаммадан кўп пул ишлаб топди  7

"Neftchi" - "chempion"... Yangiliklar

"Neftchi" - "chempion"...

Futbolning yozilmagan qoidasi bor: "jo'jalar sanaladigan" paytda kim yaxshiroq holatda bo'lsa, "uloq"ni o'sha ilib ketadi.

CHempionat yakuniga oz qoldi. Superliganing 2-bosqichini qaysi jamoalar ko'ngildagidek o'tkazayotganini bilish maqsadida so'nggi 5ta tur (16-20) natijalariga diqqat qilamiz. 

Jizzax osmonida "qora bulutlar"

Kishining etiborini tortadigan birinchi jihat shuki, OFK kubogini (biz uchun) kutilmaganda tark etgan "So'g'diyona"ning ishlari ichki chempionatda ham yurishmayapti. Superligani yuqori kayfiyatda boshlagan Ulug'bek Baqoev shogirdlari oxirgi 5 o'yinda atigi 2 ochko jamg'arishdi. 

Sizni hayron qoldirishi mumkin, ammo bu ligadagi eng yomon natija hisoblanadi. Jizzaxning "bo'rilari" oxirgi 450 daqiqa mobaynida raqib darvozasini bor-yo'g'i 1 marta ishg'ol qilishdi (Pro liga yo'llanmasi uchun asosiy davogar bo'lib turgan, "Dinamo" futbolchilari ham bu orada 5 ta gol urishgan).

"Navbahor" etakchilikni boy berdi

15-turdan keyin Samvel Babayan shogirdlari musobaqada karvonboshilik qilayotgan edi. Biroq, keyingi davrda faqatgina "Qizilqum" mag'lub qilingani bois, "Paxtakor" va "Nasaf" Namangan klubidan o'zib ketdi. 

Oxirgi turlarda "Qo'qon-1912" va "Paxtakor"ning mag'lubiyatsiz seriyasiga yakun yasagan Ro'ziqul Berdiev shogirdlari ayni paytda oltin medallar uchun asosiy davogar bo'lib turishibdi.

SHuningdek, "ajdarlar" o'yin sifati borasida ham yaxshiroq ko'rinayotganini unutmaslik kerak. CHempionatning ortda qolgan davrida barchadan ko'proq (32) to'p kiritgan "Nasaf" futbolchilari gol o'tkazmaslik borasida ham eng yaxshi natijani qayd etishyapti (10).

Levchenkoga tasanno!

Tojikistonlik mutaxassis kelganidan keyin "Neftchi"da juda katta progress kuzatildi. Mo'minjonov boshchiligida 1-davrani 13-o'rin bilan yakunlagan farg'onaliklarni aynan Vitaliy Levchenko qutqarib qoldi, desak ham mubolag'a bo'lmaydi. Uning jamoasi oxirgi 5 turda 13 ochko to'pladi. Bu Superligadagi eng yaxshi natija bo'lib turibdi... 

Qolgan klublarning 16 — 20-turlarda qayd etgan statistikasi bilan tanishing. Jadvalda "Neftchi" chempion...

jamoa nomiochko
"Neftchi"13
"Nasaf"11
"Metallurg"10
"Paxtakor" 8
AGMK 
"Bunyodkor"8
"Olimpik"6
"Navbahor" 6
"Qizilqum"6
"Surxon"6
"Qo'qon-1912"3
"Lokomotiv"3
"Dinamo"2
"So'g'diyona"2

Muallifning telegramdagi kanali → FR| futbol ANALIZI

Muallif :
Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика