So’nggi yangiliklar

01:00"Манчестер Юнайтед" Каземирога шартнома таклиф қилди, бироқ...  0 00:38Бундеслига. "Боруссия" Д суперкамбэк амалга оширди  0 00:23АПЛ. "Челси" осмонида қора булутлар: Росеньор жамоаси Ливерпулда йирик ҳисобда ютқазди  17 23:39Венсан Компани: "Рекордни янгилаймиз, деб ўйлайман. Лекин менга бу қизиқ эмас"  3 23:02Арне Слот: "Одамлар бизнинг қимматга футболчилар олиб келганимизни гапиришяпти"  6 22:35"Яйпан" дастлабки уй ўйинларини бошқа стадионда ўтказади  2 22:16"Сўғдиёна" бош мураббийи истеъфога чиқарилиши мумкин  9 22:11"Бавария" ўз рекордини янгилашга яқин  5 21:35Ўзбекистон терма жамоаси эртадан йиғинга киришади  10 21:34Бундеслига. "Бавария"да йирик ғалаба, "Байер" ғалабани қўлдан чиқарди  0 21:12Эртадан Ўзбекистон кубоги старт олади  1 21:00Клублар рейтинги. Мингталикдан Ўзбекистоннинг икки клуби ўрин олди, улар орасида "Пахтакор" йўқ  19 20:45"Ливерпуль" 10 мавсумлик антирекордини такрорлади  3 20:32Тожикистон терма жамоасига Суперлиганинг икки нафар футболчиси чақирилди  0 20:15Эмре Жан шартномани узайтирди  0

"Neftchi" bosh murabbiyi: "CHempionlik uchun kurashda hammaning imkoniyati bir xil" Yangiliklar

"Neftchi" bosh murabbiyi: "CHempionlik uchun kurashda hammaning imkoniyati bir xil"

Yangi mavsum oldidan “Neftchi” jamoasi bosh murabbiyi Sergey Kovshov klub rasmiy sayti uchun intervyu berib o'tdi.

Unda murabbiy bo'lajak rejalari va yangi mavsumdan nimalar kutayotganini malum qildi.

– Dastavval, “Neftchi” jamoasining Toshkentdagi yig'ini haqidagi fikrlaringizni bildirsangiz.

– Toshkent yig'ini yaxshi saviyada o'tdi deb hisoblayman. Jamoamizning kuchli va kuchsiz tomonlarini aniqlab oldik hamda nimalar ustida ish olib borishimizni belgiladik. “Navbahor” bilan birinchi o'yinda durang natijaga erishgan bo'lsak, “Metallurg” bilan o'tkazilgan ikkinchi bellashuvda g'alaba qozondik. Ayniqsa bahsni hujumkor tarzda olib borganimiz o'yinimizni yanada shakllantirishga ko'mak berdi. Uchinchi bahs “Buxoro”ga qarshi bo'lib o'tdi. Bu jamoa menda iliq taassurot qoldirdi. Hamma chiziqlarning harakatlari qoniqarli kuzatildi va bu jamoa mening fikrimcha kuchli oltilik uchun kurash olib boradi. Oxirgi nazorat uchrashuvimiz “Qizilqum”ga qarshi kechdi. Bu o'yinda ham yigitlarimiz ko'tarinki ruhda futbol namoyish etishdi. Selekciya ishlari orqali 2-3 nafar futbolchini bir qator chiziqlarda sinab ko'rdik. Natijasini esa mavsum davomida bilib olamiz. Umumiy qilib aytganda, o'quv-mashg'ulotlar jarayonidan ko'nglim to'ldi. Yig'in oxirida jamoa test sinovlarini topshirdi. Jamoa yig'inga yaqindagina kirishgan, shu sabab mavsum davomida barcha kamchiliklarni bartaraf etib borishga harakat qilamiz.

– Tarkibdan ko'nglingiz to'ldimi?

– Tarkib borasida gapiradigan bo'lsam, selekciya ishlariga juda oz vaqt qoldi. SHu kungacha 2 nafar legioner tarkibimizda shug'ullanmoqda. Biri ukrainalik darvozabon Vitaliy Mirnyy bo'lsa, ikkinchisi esa rossiyalik hujumchi Vyacheslav Sushkindir. Toshkentda safimizda xorijlik hujumchi Derebchinskiy ko'rikda bo'ldi. Uning harakatlari menga maqul kelgan bo'lsada, oyog'idagi jarohati sabab jamoada faoliyat yurita olmasligi oydinlashdi. Undan tashqari yaponiyalik YU Kuboki ham o'zida yomon taassurot qoldirmadi. Ammo uning saviyasidagi futbolchilar O'zbekistonda etarli topiladi. SHu sabab Kuboki bilan do'stona xayrlashdik.


– Siz kimlarni tarkibda ko'zlagan edingiz. Lekin bu amalga oshmay qoldi.


– Zafar To'raev hamda Laziz Ubaydullaev kabi futbolchilarni “Neftchi”da ko'rishni xoxlardim. Lekin hozirgi tarkib ham yomon emas. Faqat futbolchilar o'z ustilarida ishlab rivojlanishda to'xtab qolmasliklari lozim.

– Superliganing yangi mavsumidan nimalarni kutmoqdasiz?


– Bu yil yangi formatda qatnashmoqdamiz. O'yinlar qiziqarli bo'lishi kutilmoqda. Qanday natijalar qayd etilishini esa vaqt ko'rsatadi. CHempionatda kuchli jamoalar jamlangan. Bizning rejalarimiz esa yaxshi natijalar qayd etib, sovrinli o'rinlar uchun kurashish.

– Fikringizcha, chempionlik uchun aynan qaysi jamoalar kurash olib borishadi?


– CHempionlik uchun kurashda hammaning imkoni bir xil deb o'ylayman. Tarkiblarning kuchi deyarli teng sanaladi. SHu sabab mavsum davomida kutilmagan natijalar qayd etilsa, hech ajablanmayman. Ko'pincha mavsum oldidan “Paxtakor” va “Lokomotiv” singari jamoalarga chempionlikni bashorat qilishadi. Lekin mening fikrim shundayki, hamma jamoalar matonat bilan o'yinga yondoshsalar, xali ko'p syurprizlarni ko'rishimiz mumkin.

– “Neftchi” muxlislariga mavsum avvalida nima demoqchisiz?


– Muxlislar anchadan beri chiroyli va mazmunli o'yinlarni sog'inib qolishgan. Ular nima uchun stadionga talpinadi ? Ishqibozlar hujumkor o'yin va chiroyli gollar ko'rish istagida stadionga oshiqadi. Mening tilagim muxlislarimiz stadionga asabiylashish uchun emas, balki xordiq chiqarishga kelishlarini hohlab qolardim. Biz esa, bellashuvlarda ko'proq gol urib, kamroq to'p o'tkazib yuborishimizni tilab qolardim. SHuning uchun muxlislarimiz xar bir o'yinga kelib, jamoamizni qo'llab-quvvatlab turishsa, birgalashib ijobiy natijalarni qo'lga kiritamiz deb umid qilib qolaman, – deydi Sergey Kovshov.

“Neftchi” matbuot kotibi Zuhriddin Abdullajonov suhbatlashdi  

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика