So’nggi yangiliklar

12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  0 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  1 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  2 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  6 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  4 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  7 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  12 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  12 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  37 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  5

"Neftchi" bosh murabbiyi: “Bizga hujum chizig'ida mahoratli ijrochi etishmayapti” Yangiliklar

"Neftchi" bosh murabbiyi: “Bizga hujum chizig'ida mahoratli ijrochi etishmayapti”

Neftchi - Buxoro (0:1) o'yinidan so'ng o'tkazilgan matbuot anjumanida mezbonlar ustozi Bahrom Haydarov hamda futbolchi SHukur Po'latovlar ishtirok etishdi.

Bahrom Haydarov: O'yin bo'yicha futbolchilarga jiddiy etiroz yo'q. Biron bir  “Neftchi” futbolchisini tanqid qilmayman. Hamma yaxshi o'ynadi. Nafaqat bu o'yinda balki ortda qolgan barcha bahslarda jamoamizga omad etishmayapti. Gol kiritish uchun imkoniyatlar juda ko'p yuzaga kelmoqda. Afsus, ulardan foydalanishda oqsayapmiz. Futbolda gol urgan jamoa natija ko'rsatadi. Harchand jamoa chiroyli o'ynamasin, bir bosh ustun harakat qilmasin,  baribir gol urmasa hammasi qiymatsiz. O'yin ko'rsatdiki, bizda yaxshi jamoa bor. Saviyali futbolchilarni jamlaganmiz. Hozir o'yin haqida chuqur fikr bildirish qiyin. Bahsni yana qayta ko'rib chiqish kerak. “Buxoro”ni g'alaba bilan tabriklayman.

SHukur Po'latov:  AGMKdan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng mazkur o'yinga munosib tayyorgarlik ko'rgandik. Bugun hamma g'alabani istagandi. O'yinni ko'rdingiz, “Neftchi” maydonda borini berib o'ynadi. Omad etishmayapti. “Buxoro” bitta xato evaziga bizni jazoladi. O'z ustimizda ishlashda davom etamiz.

- Bahrom aka, bugun Murod Bobojonov yana “Neftchi” safiga qaytdi. Balki unga keyingi bahslarda asosiy tarkibdan joy berilar?

- Murodjon mashg'ulotda to'liq ishtirok etganiga 4 kun bo'ldi. Bunday holatda futbolchi jarohatidan tiklanib, qisqa vaqt ichida to'liq maydonda o'ynashga kuchi etmaydi. Bahsda 0:0 yoki boshqa bir natija bo'lishini istamagandik. Faqat g'alaba uchun maydonga chiqqandik. CHunki ortda yo'l yo'q edi. Murod Bobojonov garchi jarohatidan to'liq forig' bo'lmasidan turib maydonga tushirishga majbur bo'ldik. Anvar Berdievning tajribasi sabab uni ham kurashga qo'shdik. Tushuning, hujumchisiz futbol o'ynash juda qiyin. Murod Bobojonov keyingi bahsga qadar yanada kuchga to'lib, formaga kirib boradi deb o'ylayman. Nafaqat murabbiylar balki muxlislar ham haqiqiy Bobojonovni ko'rishni istashyapti. Undan umidimiz katta sanaladi.

- Ketma-ket mag'lubiyatlar. “Neftchi”ga yana nima etishmayapti?


- Bizga hujum chizig'ida mahoratli ijrochi etishmayapti. Masalan darvoza oldigacha hammasi yaxshi davom etyapti. Biroq futboldagi eng muhimi bo'lgan yakuniy nuqta yo'q. Ha bizda tajribali futbolchilar ko'p, SHukur Po'latov, Jalil Kimsanov singari ko'pni ko'rgan o'yinchilarimiz bor. Lekin yanada yaxshi saviyadagi futbolchilar yanvar yoki fevralda bo'sh bo'lmaydi. Bunday saviyadagi o'yinchilar bilan kamida dekabr oyida shartnoma tuziladi. Bizdagi vaziyatdan esa xabaringiz bor. Selekciya “Neftchi”da to'xtagani yo'q. Birinchi davra tugaganidan so'ng ham bir qator kuchli o'yinchilarni jamoaga taklif qilishni reja qilganmiz. Lekin hozir imkon darajada ochko yig'ib, yuqoriga qarab harakat qilamiz. To'xtab qolish yo'q!
     

Reyting: -26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика