Neftchi Boku bosh murabbiyi istefo berdi
10 jan 2014 09:13
Yangiliklar


Neftchi Boku bosh murabbiyi istefo berdi
Bokuning Neftchi klubi bosh murabbiyi Nazim Suleymanov kecha istefo berdi.
Klub rasmiy saytiga bergan intervyusida Suleymanov nima uchun ariza yozganini malum qildi: Neftchi so'nggi uch yilda chempion bo'lgan, bu mavsumda ham birinchi bo'lishni rejalashtirmoqda. Ammo men bu sharoitda jamoani chempion qila olmayman. SHu sababli klub prezidentiga o'z arizamni yozdim. Neftchidagi faoliyatim davomida hech kim mening ishimga aralashmadi, birga ishlagan barchaga rahmat aytmoqchiman. Klub prezidenti Sodiq Sodiqovga mening qarorimni hurmat qilgani uchun minnatdorchilik bildiraman. Neftchiga keyigi o'yinlarda omad tilayman.
Neftchi klubi bosh murabbiyi lavozimida vaqtincha Ruben Selles ishlab turadi.
Neftchi klubi bosh murabbiyi lavozimida vaqtincha Ruben Selles ishlab turadi.

Fikrlar