"Neftchi" bir necha futbolchi bilan xayrlashdi

Aslanov Jasurbek
2 dek 2023
Superligada mavsum yakuniga yetishi bilan ko'plab futbolchilarning klublar bilan tuzgan shartnomalari muddati yakunlandi.

"Neftchi" matbuot xizmati jamoa bilan xayrlashgan futbolchilar haqida ma'lumot berdi.


"Joriy mavsum tugayotganligi va yangi futbol mavsumiga tayyorgarlik yaqinlashayotganligi munosabati bilan ayrim futbolchilar o'zlari yoqtirgan jamoalar bilan kelishib, hozirgacha faoliyat yuritgan klublari bilan xayrlashmoqdalar. Bunday futbolchilar "Neftchi"da ham bor. Jamoa rahbariyati va mutaxassislari klubni tark etayotgan Vladimir Nazarov, Ulug'bek Xoshimov, Nodirxon Nematxonov va boshqalarga Farg'ona futbolini rivojlantirishga qo'shgan munosib hissalari uchun samimiy minnatdorchilik bildirib, yangi jamoalarida yangi muvaffaqiyatlarga erishishlarini tilab qoladilar" - deyiladi "Neftchi" matbuot xizmati bergan xabarda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia