"Neftchi": 26 mart kuni “Nasaf”ga qarshi o'ynaymiz
22 mar 2016 19:21
Yangiliklar
"Neftchi": 26 mart kuni “Nasaf”ga qarshi o'ynaymiz
Farg'onaning “Neftchi” jamoasi O'zbekiston Kubogining navbatdagi bosqichida Qarshining “Nasaf” klubi bilan bellashadi.
Kubok o'yinlarining 1/16 bosqichida Samarqandning “Dinamo” jamoasini engib keyingi bosqichga chiqqan Fyodorov shogirdlari shanba oqshomida “Nasaf”ni o'z uylarida qabul qilishadi. Seshanbadan “Neftchi” futbolchilari “Nasaf”ga qarshi uchrashuv tayyorgarlikni boshlashganini malum qilamiz.
Malumot o'rnida, 26 mart kuni “Istiqlol” stadionida bo'lib o'tadigan o'yinni B. Namazov boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi. Eslatib o'tamiz, O'zbekiston Kubogi doirasidagi “Neftchi” – “Nasaf” o'yinin 26 mart kuni Farg'ona shahridagi “Istiqlol” stadionida bo'lib o'tadi. O'yin soat 17:00da start olishi reja qilingan.
“Neftchi” matbuot xizmati

O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar