"Neftchi" 1230 kundan keyin Superligada g'alabaga erishdi
02 mar 2022 21:08
Yangiliklar
"Neftchi" 1230 kundan keyin Superligada g'alabaga erishdi
Bugun 2022 yilgi Superliganing 1-turidan o'rin olgan "Neftchi" - "Qo'qon-1912" uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Unda Ilhom Mo'minjonov boshchiligidagi "Neftchi" 1:0 hisobida zafar quchdi. Yagona golni SHahzod Ubaydullaev 89-daqiqada penaltidan urdi.
Jamoa Superligadagi so'nggi g'alabasini 2018 yilning 19 oktyabr kuni "Qizilqum"ga qarshi bahsda qo'lga kiritgan edi. Oradan 1230 kun o'tgach, farg'onaliklar elitada yana g'alaba qozonishdi.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Fikrlar