Nedved "Yuventus" Dibala bilan shartnomani uzaytirishiga ishonchi komil
23 sen 2021 14:04
Yangiliklar
Nedved "Yuventus" Dibala bilan shartnomani uzaytirishiga ishonchi komil
"Yuventus" vice-prezidenti Pavel Nedved hujumchi Paulo Dibala bilan shartnomani uzaytirish borasidagi muzokaralar haqida gapirdi.
"Biz Paulo bilan yangi shartnoma bo'yicha muzokaralar olib bormoqdamiz va kelishuvga erishishga aminmiz", - deydi Nedved.
Dibala 2021/22 yilgi mavsum "Yuventus "tarkibida 5ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 2ta assist qayd etdi.
27 yoshli argentinalik futbolchining klub bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning iyun oyi so'nggiga qadar mo'ljallangan.
Fikrlar