Nazorat uchrashuvlarida hakamlarga qancha haq to'lanishi malum
13 jan 2020 15:04
Yangiliklar
Nazorat uchrashuvlarida hakamlarga qancha haq to'lanishi malum
Professional futbol klublari va havaskor jamoalari ishtirokidagi o'rtoqlik nazorat uchrashuvlarida ishlaydigan hakamlar guruhiga qancha haq to'lanishi malum bo'ldi.
O'zbekiston futbol associaciyasi, hakamlar va inspekorlar qo'mitasining 2019 yil 16 dekabr kungi 16-sonli bayonnomasiga asosan, O'zbekiston Respublikasi xududida Professional futbol klublari va havaskor jamoalari ishtirokidagi o'rtoqlik nazorat uchrashuvlarini o'tkazish uchun quyidagi narxlar belgilandi.
Bosh hakam (1 kishi) – 200 000 so'm.
Qanot hakamlari (2 kishi) – 100 000 so'mdan.
Nazoratchi hakam (1 kishi) – 100 000 so'm.
O'rtoqlik nazorat uchrashuvlarini o'tkazilishi belgilangan joyga muvofiq, hakamlarni yo'l kira harajatlari o'rnatilgan tartibda futbol jamoalari hisobidan qoplanadi.
Fikrlar