Nazorat uchrashuvlarida hakamlarga qancha haq to'lanishi ma'lum

Narzulla Saydullayev
13 yanv 2020, 15:04
Professional futbol klublari va havaskor jamoalari ishtirokidagi o'rtoqlik nazorat uchrashuvlarida ishlaydigan hakamlar guruhiga qancha haq to'lanishi ma'lum bo'ldi.

O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi, hakamlar va inspekorlar qo'mitasining 2019 yil 16 dekabr kungi 16-sonli bayonnomasiga asosan, O'zbekiston Respublikasi xududida Professional futbol klublari va havaskor jamoalari ishtirokidagi o'rtoqlik nazorat uchrashuvlarini o'tkazish uchun quyidagi narxlar belgilandi.

Bosh hakam (1 kishi) – 200 000 so'm.
Qanot hakamlari (2 kishi) – 100 000 so'mdan.
Nazoratchi hakam (1 kishi) – 100 000 so'm.

O'rtoqlik nazorat uchrashuvlarini o'tkazilishi belgilangan joyga muvofiq, hakamlarni yo'l kira harajatlari o'rnatilgan tartibda futbol jamoalari hisobidan qoplanadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia