Nazorat uchrashuvi. "So'g'diyona" Rossiya klubi ustidan irodali g'alabaga erishdi, Farhodovdan xet-trik!
17 fev 2022 11:09
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/683305_original.jpg)
![](/upload/storage/683305_220.jpg)
Nazorat uchrashuvi. "So'g'diyona" Rossiya klubi ustidan irodali g'alabaga erishdi, Farhodovdan xet-trik!
O'zbekiston vice-chempioni, Jizzaxning "So'g'diyona" klubi Turkiyadagi yig'inni davom ettirmoqda.
16 fevral kuni Ulug'bek Baqoev boshchiligidagi "So'g'diyona" Rossiya birinchi divizioni vakili Tolyattining "Akron" klubiga qarshi nazorat uchrashuvini o'tkazdi. Dastlab "Akron" vakillari 2:0 hisobida oldinga chiqib olishdi. 56, 85 va 90-daqiqalarda "So'g'diyona" vakili Bobur Farhodov tomonidan urilgan uchta gol vakillarimizga irodali g'alabani keltirdi - 3:2.
"Akron" (Rossiya) – "So'g'diyona" 2:3
16 fevral. Lara. «Nirvana Cosmopolitan Sport Center» maydoni.
Gollar: 1:0 Palienko (26), 2:0 Azarov (49), 2:1 Bobur Farhodov (56), 2:2 Bobur Farhodov (85), 2:3 Bobur Farhodov (90).
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar