So’nggi yangiliklar

16:37"Арсенал" "Реал" ҳужумчиси учун 80 миллион евро тўламоқчи  0 16:12Ханси Флик: "Қасос олиш ҳақидаги гаплар менга ёқмаяпти"  1 15:51Хаби Алонсо: "Ғалабага тайёрланяпмиз"  3 15:10Аденис Шала: "Ўзбек футболи Македония ва Косовога нисбатан анча устун. Канте мени ниҳоятда ҳайратда қолдирди"   1 14:59Ибрагимович "Аякс"га ўтишга яқин  1 14:28Депай ёзда эркин агентга айланиши мумкин  0 14:01"Челси" Беллингемни нишонга олди. "Реал" бунга муносабатини билдирди  8 13:37ПСЖ хавбеки Туркияга йўл олиши мумкин  1 13:14“Челси” футболчиси Лондоннинг бошқа бир клубига ўтиши мумкин  3 12:58Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  42 12:55"Манчестер Сити" "Болонья" ҳимоячисини нишонга олди  0 12:25U-23 Осиё чемпионати 2-тур олдидан: Бугун муҳим ўйин бор  0 11:58"Барселона" Рэшфордни МЮдан 30 млн еврога сотиб олмоқчи  5 11:35Қойил, Саудия ҳаммасини эплаяпти  17 11:18Бугунги ўйинлар: Эрон U-23 — Ўзбекистон U-23 ва бошқалар  1

"Qo'qon-1912" nazorat uchrashuvida "Navbahor" ustidan irodali g'alabaga erishdi Yangiliklar

"Qo'qon-1912" nazorat uchrashuvida "Navbahor" ustidan irodali g'alabaga erishdi

Superliganing 4-turiga tayyorgarlik ko'rayotgan "Qo'qon-1912" va "Navbahor" klublari o'zaro nazorat uchrashuvi o'tkazishdi.


YANGILASH


Uchrashuv boshlandi.

16-daqiqa. Islom Isoqjonov burchak zarbasini amalga oshirganidan so'ng, mezbonlar to'pni qaytarishdi. 

21-daqiqada jarima maydonchasi ichidan Suhrob Berdiev to'pni darvozaga yo'lladi. Bu to'pni O'tkir Yusupov qaytardi.

26-daqiqada Abbos G'ulomov jarima maydonchasi ichidan mezbonlar darvozasini aniq nishonga oldi - 0:1.

41-daqiqada Ivan Solovyovning zarbasidan so'ng to'p darvoza to'sini tepasidan o'tib ketdi.

45-daqiqada Islom Isoqjonovning jara zarbasidan keyin, qo'qonliklar darvozaboni Muzaffar Abdullaev o'z mahoratini namoyish etib, to'pni qaytardi. 

Birinchi taym tugadi. 

Tanaffusda mezbonlar safida o'zgarish sodir bo'ldi: Sardor Azimov o'rniga Avazxon Mamatxo'jaev maydonga tushdi

Ikkinchi taym boshlandi. 

48-daqiqada hisob tenglashdi. Yakuba Bambani uzatmasidan so'ng, SHohnazar Norbekov boshi bilan O'tkir Yusupov darvozasini ishg'ol qildi - 1:1. 

53-daqiqa. "Navbahor" tarkibida o'zgarish. Obid Jo'raboev o'rniga maydonga Tohir SHamsitdinov tushdi. 

67-daqiqa. Mezbonlar tarkibida o'zgarish. Yakuba Bamba o'rniga maydonga Filip Rayevac tushdi.

68-daqiqa. Mehmonlar tarkibida o'zgarish. Islom Isoqjonov o'rniga Ruslan Bolov maydonga tushdi.

71-daqiqada chiroyli hujum bo'lgan edi. Norbekovning uzatmasini raqib himoyachisi qaytarib qoldi, aks holda Rayevac darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqishi mumkin edi.

73-daqiqada Yosovichning o'rniga Suhrob Nurulloev maydonga tushdi.

74-daqiqada SHohnazar Norbekov o'rniga Sobit Sindarov mayonga tushdi 

78-daqiqada mezbonlar oldinga chiqib olishdi. Avazxon Mamatxo'jaev gol urdi - 2:1.

Uchrashuv tugadi, "Qo'qon-1912" nazorat uchrashuvida "Navbahor" ustidan irodali g'alabaga erishdi.

 


"Qo'qon-1912" - "Navbahor" 2:1

Hakamlar: Doston Mirzarayimov, SHohruh Azamov, Sanjar Rahmonov, SHahboz Vahobjonov.
Nazoratchi: Sulton Zaylobiddinov.

Gollar: Abbos G'ulomov 26, - 0:1. SHohnazar Norbekov 48, - 1:1. Avazxon Mamatxo'jaev 78, - 2:1.

"Qo'qon-1912": 21. Muzaffar Abdullaev, 3. Bobur Akbarov (5. Jasur Yoqubov, 82), 7. SHohnazar Norbekov (4. Sobit Sindarov, 74) (44. SHodiyor Hojimatov, 90), 9. Suhrob Berdiev, 10. Quvondiq Ro'ziev, 15. Oybek Rustamov (20. Iqbol Malikjonov, 78), 23. Aleksandr Merzlyakov (19. Xamidillo Abduxamidov, 83), 33. Ivan Yosovich (8. Suhrob Nurulloev, 73), 13. Sardor Azimov (14. Avazxon Mamatxo'jaev, 46), 70. Murod Xolmuhammedov (99. Bek Abdullaev, 82), 91. Yakuba Bamba (69. Filip Rayevac, 67).
Zaxira: 1. Botirali Ergashev, 11. Otabek Haydarov, 22. Muhammadanas Xasanov, 12. Muhammadali Sobirov.

"Navbahor": 1.O'tkir Yusupov, 7.Azimjon Ahmedov (Amirbek Jo'raboev, 80), 9.Ivan Solovyov (Pavel Golishev, 85), 10.Azizbek Turg'unboev, 11.Islom Isoqjonov (Ruslan Bolov, 68), 15.Obid Jo'raboev (Tohir SHamsitdinov, 53), 19.Mirzohid G'ofurov, 22.Igor Golban, 27.Islom Rashidxonov, 28.Xurshid Muxtorov, 70.Abbos G'ulomov (SHohruh Mahmudhojiev, 75).


Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика