Nazorat uchrashuvi. "Qizilqum" Qozog'iston klubini mag'lub etdi
15 fev 2019 10:40
Yangiliklar
Nazorat uchrashuvi. "Qizilqum" Qozog'iston klubini mag'lub etdi
Turkiyada o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazayotgan Navoiyning “Qizilqum” jamoasi kecha, 14 fevral kuni yig'in davomidagi ikkinchi nazorat uchrashuvini o'tkazishdi.
Navoiyliklarning bu galgi raqibi Qozog'istonning “Taraz” klubi bo'ldi.
Murosasiz kechgan bahsda "Qizilqum"ning qo'li baland keldi. Uchrashuvning 76-daqiqasida Elguja Grigalashvili tomonidan kiritilgan gol jamoaga g'alaba keltirdi. Gruziyalik hujumchi jamoadoshi SHerali Jo'raevdan to'pni qabul qilib olgach, o'ziga xos tarzda raqibning 2-3 nafar futbolchisini aldab o'tib, jarima maydonchasiga kirib bordi va to'pni uzoq burchakka joylab qo'ydi
"Qizilqum" uchrashuvni quyidagi tarkibda o'tkazdi: CHeremisin, Ubaydullaev, Karimov,Qambarov, Yarashev, Usmonov, Boymatov, Boydullaev, Sanoev, Leuka, Grigalashvili.
"Qizilqum" - "Taraz" 1:0
Gol: Elguja Grigalashvili 76.
"Qizilqum" matbuot xizmati
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar