So’nggi yangiliklar

08:28"Андижон" ОЧЛ 2 турниридан қанча пул ишлаб топди?  1 07:59"Реал" Алонсонинг илтимосини бажармайди  1 07:30"Насаф" етакчиларидан бири жамоадан кетаётганига ишора қилди  3 02:55АПЛ. "Манчестер Юнайтед" ўз майдонида "Ньюкасл"ни қийинчилик билан мағлуб қилди  11 01:30Жон Терри Чемпионшип жамоасини бошқариши мумкин  0 00:49"Goal" мавсумнинг биринчи қисми рамзий термасини тузди  5 00:31Саудия Арабистони. "Ал Ҳилол" ғалабага эришди, "Ал Аҳли" мағлуб бўлди  0 00:17Марсело: "Мен Роналдудек бўлмаганман. Доимо ҳаётдан завқ олганман"  4 23:45Пеп Гвардиола: "Барчадан 10 очко олдинда бўлишни истардим"  5 23:22ПСЖ ва Франция термаси собиқ мураббийи вафот этди  0 22:55Расман: Муҳаммадазиз Иброҳимов — "Қизилқум" футболчиси!  1 22:36Жибриль Сиссе: "Аргентина термасини кўра олмаяпман"  3 22:16Расман: Одил Абдумажидов - “Андижон” футболчиси  7 21:49Расман: "Шўртан" "Арал" посбонини ўз таркибига қўшиб олди  1 21:35Генрих Мхитарян финалда ПСЖдан учралган мағлубият ҳақида Киву нима деганини айтди?  0

Nazorat uchrashuvi. “Nasaf” – “SHo'rtan” 3:2 Yangiliklar

Nazorat uchrashuvi. “Nasaf” – “SHo'rtan” 3:2

Bugun Qarshi shahridagi “Nasaf” PFK bazasi hududidagi futbol maydonida Qashqadaryo vohasining ikki nomdor jamoasi o'zaro nazorat uchrashuvini o'tkazishdi.
Mazkur jamoalar ananasiga ko'ra, ushbu uchrashuv o'rtoqlik maqomiga ega bo'lsada, qiziqarli va murosasiz kechdi.

Uchrashuvdagi hisobni dastlab “Nasaf” jamoasining tajribali hujumchisi Ilhom SHomurodov ochdi, bu uchrashuvning 15-daqiqasida ro'y berdi – 1:0.

Oradan 5 daqiqa o'tib, “Nasaf”ning sobiq yarim himoyachisi va ayni paytda “SHo'rtan” jamoasi safida ko'rikdan o'tayotgan Mirzakamol Kamolov o'rtadagi hisobni tenglashtirdi – 1:1.

Uchrashuvning 25-daqiqasiga kelib, yana Ilhom SHomurodov o'zini ko'rsatdi. U o'z hisobiga yana bir golni yozib qo'ydi – 2:1.

Uchrashuvning chamasi 34-daqiqalariga kelib, “SHo'rtan” jamoasi maydonda 10 kishi bo'lib qolishdi, darvozabonimiz Eldor Tojiboev hakam tomonidan o'yindan chetlatildi.

“SHo'rtan” jamoasi to'purari Viktor Klishin birinchi bo'lim so'nggi 44-daqiqasida hakam tomonidan belgilangan penaltini bexato amalga oshirdi va oradagi hisobni 2:2 ko'rinishga olib keldi.

Birinchi bo'lim ana shu hisobda yakunlandi.

Ikkinchi bo'limda Muxtor Qurbonov tarkibda bir qancha o'zgarishlarni amalga oshirdi (quyida malumot berayapmiz) bu albatta o'yinda sezilarli o'zgarishni yuzaga keltirdi.

Uchrashuv so'nggi daqiqasigacha 2:2 hisob saqlanib turdi. 89-daqiqaga kelib, darvozamiz tomon belgilangan penaltini ikkinchi bo'limda maydonga tushgan “Nasaf”ning yosh futbolchisi Dilshod Xushbaqov golga aylantirdi va o'z jamoasi g'alabasini taminlab berdi.

SHunday qilib, nazorat uchrashuvida maydon egalari g'alaba qozonishdi. Bu nazorat uchrashuvi o'tayotgan yilnning “SHo'rtan” ishtirokidagi so'nggi uchrashuv edi.

Futbolchilarmizga endi 28 dekabrdan qisqa muddatli tanaffus beriladi.

“Nasaf” safida yangilardan muqaddam “So'g'diyona” jamoasida o'ynagan, Oleksandr Koblash bugungi nazorat uchrashuvida maydonda harakat qildi.

Nazorat uchrashuvi
 “Nasaf” – “SHo'rtan” 3:2
Gollar:
Ilhom SHomurodov 15, 25, Dilshod Xushbaqov 89 (penaltidan) – Mirzakamol Kamolov 20, Viktor Klishin 44(penaltidan).

Hakamlar:
Naim Qosimov, Artyom Kalinin, Farxod Nabiev.

“Nasaf” (birinchi bo'lim): O'tkir Yusupov, Botir Qoraev, Hamza Karimov, Maqsud Karimov, SHerzod Azamov, Ilhom Yunusov, Erkin Boydullaev, Artur Gevorkyan (s), Oleksandr Koblash, Ilhom SHomurodov, Laziz Ubaydullaev.

“SHo'rtan”:
Eldor Tojiboev (Roman Abdulov 35), Jamol Otaqulov (SHaxzod Mannonov 70), Xusniddin G'ofurov (Olim Karimov 46), SHavkat Nasibullaev, Araek Babaev, Mamur Sultonov, G'ulomhaydar G'ulomov, Mirzakamol Kamolov (Elyor Intizomov 59), Viktor Klishin (Abbos Omonov 46) , Samandar SHodmonov, Umar Eshmurodov.

Zahiradagilar: Abbos Omonov, SHaxzod Mannonov, Olim Karimov, Islom Karimov, Elyor Intizomov, Roman Abdulov.

CHetlatish: Eldor Tojiboev 35.

“SHo'rtan” PFK matbuot xizmati.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика