Nazorat uchrashuvi. Nasaf – Regar-TadAZ 2:0
24 jan 2020 21:06
Yangiliklar
Nazorat uchrashuvi. Nasaf – Regar-TadAZ 2:0
Uchrashuvning birinchi bo'limi ancha qiziqarli va kurashlarga boy bo'ldi. Ammo bo'lim so'ngiga qadar jamoalar darvozalarga to'p kirita olishmadi.
Ikkinchi bo'lim ham birinchisi kabi qiziqarli ruhda kechdi. 71-daqiqada mezbonlar jarima maydonchasidagi tartibsizlik tufayli Akmal Mozgovoy uchrashuvda hisobni ochishga erishdi – 1:0. 85-daqiqada mehmonlar o'z jarima maydonchalari ichida Nozim Babajanovga nisbatan qo'pollik ishlatishdi. Uchrashuv hakami Firdavs Norsafarov 11 metrlik jarima to'pini belgiladi. G'olib G'aybullaev penaltini bexato amalga oshirdi – 2:0.
Nazorat uchrashuvi.
24.01.2020 15:00
«Nasaf» (O'zbekiston) – «Regar-TadAZ» (Tojikiston) 2:0
Hakamlar: Firdavs Norsafarov, Elnur Doniyorov, Artyom Kalinin.
Gollar: Akmal Mozgovoy 71ʼ, G'olib G'aybullaev 85ʼ p.
«Nasaf»: A. Soyibov (A. Polvonov), A. Davronov (X. Sag'dullaev), M. Pavlik (A. Turdialiev), G'olib G'aybullaev, J. Mannonov, A. Mozgovoy, S. Sagdullaev (A. Yusupov), X. Norchaev (N. Babajanov), SH. Temirov (M. Zoirov), F. Traore (SH. Komilov), M. Meyliev (A. Murodillaev).
«Regar-TadAZ»: F. Boboev, A. Xolmurodov, E. Rajabov, J. Zardiev, SH. Muhammadiev, Y. Ahmedov, D. G'aniev, X. Uzoqov, V. Kutuzov, M. Zayniddinov, D. Ergashev.




O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar