Nazorat o'yini. "Qizilqum" “Borac”ni mag'lubiyatga uchratdi
01 fev 2021 08:15
Yangiliklar


Nazorat o'yini. "Qizilqum" “Borac”ni mag'lubiyatga uchratdi
Raqib “Borac” klubi salkam bir asrlik tarixga ega bo'lib, o'tgan yili mamlakatining yuqori divizonida 4-pog'onani egallagan. 2010 yili Bosniya kubogi, 2011 yil jamoa mamlakat chempionligini qo'lga kiritgan. Uch marta bronza medallariga egalik qilgan.
Bellashuvning 63-daqiqasida "Qizilqum" tomonidan uyushtirilgan ajoyib kombinaciya gol bilan yakunlandi. SHerali Jo'raev o'ng qanotda raqib himoyachisini ustalik bilan aldab o'tib, to'pni jarima maydonchasida qulay vaziyatda turgan gruziyalik hujumchi Mate Vacadzega uzatdi. Tajribali legioner bu vaziyatda raqib posbonini dog'da qoldirishning uddasidan chiqdi- 1:0.
Bu gol uchrashuvda yagonaligini saqlab qoldi va “Qizilqum”ga Turkiya yig'ini davomidagi ilk g'alabani taqdim etdi.
Mazkur bellashuvni "Qizilqum" quyidagi tarkibda o'tkazdi: Ignatiy Nesterov, Erkin Baydullaev, Muhsin Ubaydullaev, Salim Mustafaev, SHerali Jo'raev, Oleg Tolmasov, Behruz Sadilloev, Mate Vacadze, Elguja Grigalashvili, Giorgi Kuxianidze, Oybek Qilichev.
"Qizilqum" Turkiya yig'ini doirasida uchinchi nazorat uchrashuvini 2 fevral kuni Ukrainaning “Obolon” klubi bilan o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar