Nazorat o'yini. "Dinamo" "Bunyodkor" U-18 jamoasi darvozasiga 10ta gol urdi
16 iyu 2023 16:04
Yangiliklar
Nazorat o'yini. "Dinamo" "Bunyodkor" U-18 jamoasi darvozasiga 10ta gol urdi
Unda samarqandliklar "Bunyodkor" yoshlar jamoasiga (U-18) qarshi maydonga tushdi. Uchrashuvda Vadim Abramov legionerlar va tajribali o'yinchilarni emas, asosan yosh tarkibni sinovdan o'tkazdi. O'yinda "dinamochilar" yosh "qaldirg'ochlar"ni o'ta yirik hisobda mag'lub etdi – 10:1. SHu kuni samarqandlik yosh hujumchi Elnur Saitmurodov 6ta golga mualliflik qilgan bo'lsa, Valeriy Akopov, Javlon Malikov hamda ko'rikda bo'lgan Abubakir Mo'ydinov va Vladimir Kozak hisobiga gol yozib qo'ydi.
"Dinamo" jamoasining asosiy tarkib o'yinchilari ham bugun o'yin o'tkazadi. Unda Qirg'iziston chempionati vakili "OshMU-Aldier" raqiblik qiladi.
Nazorat uchrashuvi. Issiqko'l.
"Dinamo" - "Bunyodkor" U-18 – 10:1
Gollar: Elnur Saitmurotov 6ta, Akopov, Malikov, Kozak, Mo'ydinov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar