Nazorat bahsi. SHomurodov gol urgan o'yinda “Rostov” AIK bilan murosa yo'lini tanladi
15 fev 2020 22:10
Yangiliklar
Nazorat bahsi. SHomurodov gol urgan o'yinda “Rostov” AIK bilan murosa yo'lini tanladi
Bellashuvni asosiy tarkibda boshlagan rostovliklar forvardi Eldor SHomurodov 57-daqiqada penaltidan gol urdi va 76-daqiqada zaxiraga olindi.
Uchrashuv 2-taymining o'rtalarida esa AIK hujumchisi Yosir Asani ham 11 metrlik nuqtadan aniq zarba berib, oradagi farqni tikladi va bahs 1:1 natijasi bilan yakunlandi.
Eslatib o'tamiz, Valeriy Karpin shogirdlari keyingi nazorat o'yinini 16 fevral kuni Slovakiya 2-Ligasi ishtirokchisi “Poprad” jamoasiga qarshi o'tkazadi.
"Rostov" (Rossiya) - AIK (SHveciya) 1:1 (0:0)
Gollar: SHomurodov, 56 (pen) – Asani, 74 (pen)
"Rostov": Pesyakov – Kozlov (Logashov, 78, Proshlyakov, 82), CHistyakov, Osipenko, CHernov - Popov, Normann (Saplinov, 61), Eremenko - Mamaev, Zaynutdinov (Bayramyan, 46), SHomurodov (Dolgov, 76).
Zaxiradagilar: Rudakov, Frolkin, Vedernikov, Xadjikadunich, Ionov, Gulevskiy, CHerkes, Larchenkov, Livadnov, Morozov, Osinov.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar