"Navruz kubogi-2015" finalida "Sho'rtan" va "Mashal" yoshlari o'ynaydi

19 mar 2015, 11:52
Bir haftadan buyon Qarshqadaryoda ananaviy "Navruz kubogi" bahsilari bo'lib o'tmoqda.
Kecha ushbu musobaqaning ikki yarim final bahsi bo'lib o'tdi. 20 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi turnirda "Mashal" akademiyasi yoshlari ham o'z jamoasi bilan ishtirok etmoqda. Yoshlarimiz guruh bosqichi , chorak final va yarim final bahslarida g'alaba qozonib, "Navruz kubogi-2015"ning finaliga yo'l oldi.

Yarim finalda "Nasaf" yoshlari ustidan g'alaba qozongan futbolchilarimiz final bahsini "Sho'rtan"ga qarshi o'tkazadi. Final bahsi ertaga 11:00 "Nasaf" stadioni sun'iy maydonida bo'lib o'tadi.

Manba: fcmashal.uz