So’nggi yangiliklar

01:48Галлахер "Атлетико"га ўтишни хоҳламоқда  0 01:25"Ювентус" Йилдизни қўйиб юборишни хоҳламаяпти  0 00:57"Атлетико" "Челси" ўйинчисининг трансфери бўйича ишларни бошлаб юборди  0 00:29Игорь Сергеев ҳаракат қилаётган "Патум Юнайтед" жамоаси ўртоқлик ўйинида ЕЧЛ финалчиси "Боруссия"ни тор-мор келтирди!  1 23:55"Барселона" "Манчестер Сити" футболчисини ижарага олмоқчи  3 23:27Жамшид Саидов: "Бизда юқори мақсадлар йўқ, вазифа ўтган мавсумдан кўра яхшироқ иштирок этиш"  1 22:57"Бунёдкор" иккинчи даврада уйғонадими? Тайёргарлик қандай кетяпти? Илёс Зейтуллаев барча саволларга жавоб берди  4 22:23Расман: Шерзод Эсанов "Андижон"дан РПЛ клубига ўтди  17 21:27"Байер" Гюлерни ижарага олмоқчи эди. "Реал" ҳам, ўйинчи ҳам бунга қизиқиш билдиришмади  3 20:58Винисиус Мбаппе, Беллингем ва Эндрикнинг "Реал"га ўтишида таъсир қилган  11 20:21Максим Шацких: "Ёзги трансферлар ойнасидаги режамизни тўлиқ бажардик. Элит Осиё чемпионлар лигасидаги иштирокимиз ҳам қизиқарли кечиши аниқ"  20 19:47МЮ Амрабатни "Фиорентина"дан 20 млн евро эвазига харид қилмайди, аммо...  2 19:09Баҳром Ҳайдаров: "Қолган жамоалар ҳам ухлаётгани йўқ. Иккинчи даврада камида 30 очко тўплашимиз керак"   6 18:58Ламела Греция клуби билан шартнома имзолади  2 18:24"Ал Иттиҳод" АПЛдаги ўйинчи учун 51 млн фунт тўлайди  2

"Navruz Cup-2022"dagi raqiblarimiz haqida Yangiliklar

"Navruz Cup-2022"dagi raqiblarimiz haqida

Xabaringiz bor, 25-29 mart kunlari Namangandagi "Markaziy" stadioni "Navruz Cup-2022" xalqaro o'rtoqlik turniriga mezbonlik qiladi.

Ushbu musobaqada O'zbekiston milliy terma jamoasidan tashqari Uganda, Tojikiston va Qirg'iz Respublikasi jamoalari ishtirok etadi. Turnirda ishtirok etayotgan jamoalar haqida malumot berib o'tamiz.

Qirg'iziston

Qirg'iziston terma jamoasi ilk xalqaro uchrashuvini aynan O'zbekiston terma jamoasiga qarshi o'tkazgan. 1992 yilning 23 avgust kuni bo'lib o'tgan o'yinda O'zbekiston 3-0 hisobida g'alaba qozongan. Jamoaning eng yirik g'alabasi Myanmaga qarshi to'qnashuvda qayd etilgan. 2019 yilda o'z darvozasidan javobsiz 7 ta to'p qabul qilib olgan jabrdiyda myanmaliklar o'tgan yilning yozida 1-8 hisobidagi navbatdagi yirik mag'lubiyatini qabul qilib olishgan. Qirg'izistonning eng yirik mag'lubiyati esa Erondan qabul qilib olingan (0:7). Osiyo kubogida jamoa bir marta, oxirgi turnirda ishtirok etgan. BAA mezbonlik qilgan musobaqada qo'shnilarimiz guruh bosqichidan chiqishni uddalagan. Nimchorak finalda musobaqa mezbonlariga munosib qarshilik ko'rsatib, 2:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ygandi. Umuman olganda, jamoa ancha o'sishga erishgan. Qirg'iziston FIFA reytingida 96-o'rinni egallab turibdi.  Oxirgi o'rtoqlik uchrashuvida jamoa Bahraynga 2:4 hisobida yutqazgan (2021 yil, 16 noyabr). 

Qirg'iziston bilan O'zbekiston terma jamoasi 8 marotaba to'qnash kelgan va ularning barchasida mamlakatimiz futbolchilari zafar quchishgan.

1992 yil 23 avgust. O'zbekiston — Qirg'iziston 3:0

1992 yil 3 oktyabr. Qirg'iziston — O'zbekiston 2:6

1994 yil 19 aprel. O'zbekiston — Qirg'iziston 3:0

2007 yil 9 mart. O'zbekiston — Qirg'iziston 6:0

2011 yil 23 iyul. O'zbekiston — Qirg'iziston 4:0

2011 yil 28 iyul. Qirg'iziston — O'zbekiston 0:3

2017 yil 25 avgust. O'zbekiston — Qirg'iziston 5:0

2019 yil 9 noyabr. O'zbekiston — Qirg'iziston 3:1


Bosh murabbiy: Aleksandr Krestinin (Rossiya)

Rossiyalik mutaxassis 2014 yilning oktyabr oyidan buyon qo'shnilarimizga ustozlik qiladi. Uning qo'l ostida terma jamoa 41 o'yinda 16 g'alaba, 7 durang va 18 mag'lubiyat qayd etgan. Faoliyati davomida asosan, rus va qirg'iz klublari, shuningdek, Rossiya U-19 terma jamoasini boshqargan. Murabbiylikdagi muvaffaqiyatlariga "Dordoy Bishkek" bilan birgalikda erishgan.


Jamoa sardori: Valeriy Kichin — "Enisey"

Qirg'izistonlik himoyachi ayni damda legioner sanaladi. U Rossiyaning "Enisey" klubida to'p tepdi. Milliy terma jamoa safida 33 bahsda maydonga tushib, 2 ta gol urgan. Faoliyati davomida Rossiya, Belarus va qirg'iz klublari sharafini himoya qilgan.


Jamoa to'purari: Mirlan Murzaev — "CHennaiyin" (Hindiston)

Qirg'iziston to'purari ham ayni damda ligeoner sanaladi. 31 yoshli vinger Qirg'iziston libosida raqiblarini 48 o'yinda 14 marotaba ranjitgan. Faoliyatining katta qismini turk klublarida o'tkazgan. Uning oxirgi goli Yaponiya darvozasiga kiritilgani etiborga molik.


Tarkib

Qirg'izistonda ham avlodlar almashinuvi yuz berdi. Jamoadagi ko'pgina futbolchilarning yoshi 30 ga bormaydi. Mahalliy futbolchilar bilan bir qatorda, ligeonerlar ham tarkibga jalb etiladi. Ular orasida "Bunyodkor" klubining 26 yoshli yarim himoyachisi Odiljon Abdurahmonov ham bor. Abdurahmonov 21 o'yinda 1 ta gol urgan. SHuningdek, 2005 yilda tug'ilgan Beknaz Almazbekov "Galatasaroy" sharafini himoya qiladi.


Uganda terma jamoasi

Afrika jamoasi FIFA reytingida bizdan bir pog'ona yuqorida, 84-o'rinda joylashgan. Ehtimol, shu sabab jamoa turnirga chaqirilgandir. Bunisi bizga malum emas. Uganda terma jamoasi ilk uchrashuvini 1923 yil Keniyaga qarshi o'tkazgan (1:1). Eng yirik g'alabasi ham aynan ushbu jamoaga qarshi o'yinda qayd etilgan (13:1). Eng yirik mag'lubiyatini esa Misr va Tunis jamoalaridan qabul qilib olgan (0:6). Ugandaliklar 2022 yilda to'rtta nazorat uchrashuvi o'tkazishga ulgurdi — Islandiya (1:1), Moldova (3:2), Iroq (0:1), Bahrayn (1:3). Kamerunda o'tkazilgan Afrika millatlar kubogida terma jamoa ishtirok etmadi.


Bosh murabbiy: Milutin Sredoevich (Serbiya) 

Afrikaning bir qator jamoalarida faoliyat olib borgan 52 yoshli serb mutaxassisi 2021 yildan buyon Ugandani boshqarib kelmoqda. Sredoevich uchun bu jamoa begona emas. 2013-2017 yillarda ham u terma jamoaga ustozlik qilgan.


Eng ko'p o'yin o'tkazgan futbolchi: Gudfrey Valusimbi

2009 yildan terma jamoada to'p tepa boshlagan chap qanot himoyachisi Uganda safida jami 105 o'yinda maydonga tushib, 3 ta golni o'z hisobiga yozdirib qo'ygan. 32 yoshli futbolchining oxirgi klubi Albaniyaning "Vlazniya"si sanaladi.


Jamoa to'purari: Emmanuel Okvi — "Al Ittihod" (Misr)

2009 yildan beri terma jamoa libosida to'p tepadigan 30 yoshli chap qanot vingeri hozirgacha mamlakati uchun 82 o'yinda maydonga tushib, 26 ta gol kiritgan. Faoliyati davomida Afrika klublarida to'p tepgan.


Tarkib

Ugandaning joriy tarkibi ancha yoshargan. So'nggi yig'inlarda 30 yoshdan oshgan faqatgina bir futbolchi tarkibga jalb qilingan. Hozirgi tarkibdagi deyarli barcha futbolchilar mahalliy chempionatda to'p tepishadi. Legioner futbolchilar ham Afrika klublarida o'ynaydi.


Tojikiston

Buni qarangki, Qirg'iziston singari Tojikiston terma jamoasi ham dastlabki xalqaro uchrashuvini O'zbekiston milliy terma jamoasiga qarshi o'tkazgan. 1992 yilning 17 iyun sanasida o'tkazilgan bahsda 2:2 hisobi qayd etilgan. Qo'shnilarimiz FIFA reytingida 115-o'rinni egallab turibdi. Jamoa eng yirik g'alabasini Guamga qarshi uchrashuvda tantana qilgan (16:0). Eng unutilmas mag'lubiyatini esa 2011 yil Yaponiyadan qabul qilib olgan (0:8). O'zbekiston terma jamoasi Tojikiston bilan hozirgacha 9 marotaba to'qnash kelgan. 

1. Tojikiston - O'zbekiston 2:2

17.06.1992, Markaziy Osiyo kubogi

2. O'zbekiston - Tojikiston 1:1

17.04.1994, Mustaqillik kubogi

3. Tojikiston - O'zbekiston 4:0

08.05.1996, OK-1996 saralashi

4. O'zbekiston - Tojikiston 5:0

19.06.1996, OK-1996 saralashi

5. O'zbekiston - Tojikiston 0:0

10.11.2003, OK-2004 saralashi

6. O'zbekiston - Tojikiston 4:1

17.11.2003, OK-2004 saralashi

7. Tojikiston - O'zbekiston 0:1

02.09.2011, JCH-2014 saralashi

8. O'zbekiston - Tojikiston 3:0

15.11.2011, JCH-2014 saralashi

9. O'zbekiston – Tojikiston 2:1

3.09.2020, O'rtoqlik uchrashuvi

Tojikiston so'nggi uchrashuvini 2021 yilning noyabrida Qozog'iston terma jamoasiga qarshi o'tkazgan va 0:1 hisobida mag'lub bo'lgan. Tojik qo'shnilarimiz hozirgacha Osiyo kubogining final bosqichida ishtirok etishmagan. 


Bosh murabbiyi: Petar Sigrt (Xorvatiya)

55 yoshli xorvatiyalik mutaxassis faoliyati davomida Gruziya va Afg'oniston terma jamoalarida ishlagan. 2022 yildan boshlab Tojikiston terma jamoasi bosh murabbiyi hisoblanadi. Unga terma jamoada gruzin murabbiylari yordam berishadi.


Eng ko'p o'yin o'tkazgan futbolchi: Davron Ergashev ("Bunyodkor")

"Qaldirg'ochlar"ning 34 yoshli legioner himoyachisi o'z mamlakatida eng ko'p uchrashuvda maydonga tushgan o'yinchi sanaladi. Ergashev hozirgacha 69 bahsda mamlakati sharafini himoya qilib, 8 bor raqb darvozasini ishg'ol qilgan. 


Jamoa to'purari: Manuchehr Jalilov ("Istiqlol")

31 yoshli forvard terma jamoasining eng goleador o'yinchisi sanaladi, uning hisobida 39 o'yinda 19 ta gol mavjud. Manuchehr o'z mamlakatida, bizga yaxshi tanish bo'lgan "Istiqlol" klubida to'p suradi.


Tarkib

Jalilov, Ergashevlarni hisobga olmaganda, Tojikiston terma jamoasi ham "nihol"larga ishonch bildirmoqda. Jumladan, jamoadagi uch darvozabonning eng kattasi 23 yoshda, hatto 17 yoshli o'yinchilar ham tarkibga kiritilgan. Terma jamoa tarkibining katta qismi mamlakat klublari, shuningdek, O'zbekiston va Eron chempionatlarida to'p suradi. O'zbekiston klublaridan Davron Ergashev ("Bunyodkor"), Zoir Jo'raboev ("Surxon"), Ehsoni Panshanbe ("Navbahor"), Alisher Jalilov (AGMK) jalb etilgan.


Oqil Abdubarnoev

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика