"Navruz Cup-2022" musobaqasi yarim finali uchun chiptalar narxi malum
24 mar 2022 10:42
Yangiliklar
"Navruz Cup-2022" musobaqasi yarim finali uchun chiptalar narxi malum
Xabaringiz bor, Namanganda 25 va 29 mart kunlari "Navruz Cup-2022" xalqaro musobaqasi bo'lib o'tadi.
Mazkur turnirning 25 mart kuni bo'lib o'tadigan o'yinlari uchun chiptalar sotuvga chiqdi. CHiptalar narxi 2 va 21-sektorlar uchun 50 000 so'm, boshqa barcha sektorlarga esa 30 000 so'm etib belgilangan. Asosiysi bitta chipta xarid qilib, 25 mart kungi 2 ta o'yin, yani, Uganda - Tojikiston hamda O'zbekiston - Qirg'iz Respublikasi terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuvlarni bevosita stadionda tomosha qilish imkoniyatiga ega bo'lasiz.
CHiptalar Namangan shahridagi "Markaziy" o'yingoh, "Kamolot" bog'i, "CHorsu" va "Sardoba" dahalaridagi kassalarda sotilmoqda.
CHiptalarni xarid qiling va milliy terma jamoamizni bevosita stadionda qo'llab-quvvatlang, aziz muxlislar!
Fikrlar