So’nggi yangiliklar

01:15"Қизилқум" ўз футболчиси билан шартномани узайтирди  0 00:25“Навбаҳор”: Бенжамин Тейди билан шартнома узайтирилди  0 23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  1 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  23 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  2 22:50"Бухоро": Александр Хомяков билан ҳамкорлик давом эттирилади  6 22:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди  78 21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  10 21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   2 20:08БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" 5 та гол урилган ўйинда ўйинда мағлубиятга учради, Ғаниевдан ассист  4 19:55Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Жирона"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  21 18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  4 17:58"Реал" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи. Мадридликларнинг бу борада икки рақиби бор  1

“Navro'z” va “Binokor” musobaqa g'olibi Yangiliklar

“Navro'z” va “Binokor” musobaqa g'olibi

Teglar :  Navro'zBinokor
Mamlakatimizda yosh “charm to'p” ustalarining mahoratini oshirish, ularning texnik va taktik saviyasini yuksaltirish yo'lida ibratli ishlar amalga oshirilayotir.

Ular o'rtasida o'tkazilayotgan musobaqalar bu borada muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Bu Xorazm viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi, O'zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi, “Karvon mebel savdo” oilaviy korxonasi hamda “Sofdil baraka sut” korxonalari hamkorligida 2005-2006 va 2007-2008 yillarda tug'ilgan yosh futbolchilar o'rtasida uyushtirilgan Sport o'yinlari va engil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabining ochiq birinchiligida ham o'z isbotini topdi.

Deyarli bir hafta davom etgan mazkur musobaqada Xorazm viloyatidan tashqari, Qoraqalpog'iston Respublikasi va Namangan viloyatlaridan jamoalar ishtirok etishdi.

Kichik yoshli bolalardan tashkil topgan jamoalar birinchiligining finalida Urganch shahrining “Navro'z”(murabbiyi Akbar Odamov) va “Binokor”(murabbiyi SHohrux Yaqubov) jamoalari ro'para keldi. Bu o'yin taqdirini penaltilar seriyasi hal qildi. “Navro'z” jamoasi 5:4 hisobida g'olaba qozonib, birinchi o'rinni egalladi. “Binokor”chilar ikkinchi o'rin bilan cheklanishdi. “Yoshlik”(SO'EAIBO'SM, Urganch shahri) va “Xiva”(Xiva tumani) jamoalari uchinchi qatordan joy olishdi.

Katta yoshli, yani 2005-2006 yillarda tug'ilgan jamoalardan tarkib topgan musobaqaning hal qiluvchi uchrashuvida Qoraqalpog'istonning Nukus shahridan tashrif buyurgan “Turon-IVS”(murabbiyi Islom Usnatdinov) va Urganch shahrining “Binokor”(murabbiyi SHohrux Yaqubov) jamoalari o'zaro kuch sinashdi. Bu gal “Binokor” jamoasi 2:0 hisobida zafar quchib, g'oliblikni qo'lga kiritdi. Uchinchi o'rin “Istiqlol”(Urganch shahri) va BO'SM(Xonqa tumani)ga nasib etdi.


Ikrom Xudoyberganov

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика