So’nggi yangiliklar

01:00Сречко Катанец 62 ёшда! У ҳақида 20 та қизиқарли факт  6 00:53"Истанбул Башакшеҳир" назорат учрашувида "Рейхенау" клубини мағлубиятга учратди. Шомуродов норасмий дебют қилди  4 00:19МЮ ёзда биронта ҳам ўйинчи сотмай, трансферлардан 24 млн евро ишлаб олди  1 23:45Беллингем елкасини операция қилдирди."Реал" ярим ҳимоячиси қанча муддатга сафдан чиққани маълум  3 23:23Расман: "Атлетико" 30 млн евролик трансферни амалга оширди  0 22:59Де Паул ҳам Мессининг ёнига боради. "Атлетико" ва "Интер Майами" келишиб олишди  2 22:35"Ливерпуль" Экитике бўйича "Айнтрахт" билан музокарага киришди  1 22:11Йоахим Левга яқин манба Ўзбекистон билан музокаралар бўлаётганини тасдиқлади, мураббийга маслаҳатчи лавозими таклиф қилинган – Sport24  78 21:50Расман: Ламин Ямал янги мавсум "Барселона" сафида 10-рақамда ҳаракат қилади  4 21:29Ислом Исмоилов: "Москвада маҳаллий клублар билан назорат учрашувлари ўтказамиз"  6 21:01Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Мираброр Усмонов хотира турнирига тайёргарликни давом эттирмоқда  2 20:25Ламин Ямал янги мавсум 10-рақамда ўйнашига ишора қилди(ми?)  1 19:48Иброҳим Йўлдошев - ОКМК футболчиси  2 19:14Суперлига. Биринчи давранинг эътиборга молик 5 воқеаси   6 19:12ЖЧ2026да 4 та танаффус бўлиши мумкин  7

“Navro'z festivali”: Eng yaxshilar terma jamoaga jalb etildi Yangiliklar

“Navro'z festivali”: Eng yaxshilar terma jamoaga jalb etildi

Teglar :  Navro'z festivali
O'zbekiston futbol associaciyasi maydonida O'FA tavsiyasiga binoan Toshkent shahar futbol federaciyasi tashabbusi bilan 2004 yilda tavallud topgan futbolchilar o'rtasida "Navro'z festivali" turniri boshlangan edi.

Bugun festival tarzda tashkillashtirilgan bahslar nihoyasiga etdi.

Dastlabki uchrashuda “Paxtakor” jamoasi yoshlari Namanganning "Odil Junior" jamoasini mag'lubiyatga uchratishdi. Ikkinchi o'yin “Lokomotiv” va “Nasaf” futbol akademiyalari o'rtasida kechdi. Uchrashuvning so'nggi daqiqalarigacha hisob 2:2 ko'rinishida edi, sanoqli daqiqalar qolganda poytaxtliklar hal qiluvchi to'pni kiritishdi.

Festivalni tashkil etishdan maqsad natija emas, balki 14 yoshli o'smirlar terma jamoasiga nomzodlar saralab olish edi. Mazkur terma jamoa bosh murabbiy Azamat Abduraimov boshchiligidagi selekcionerlar uchrashuvlarni kuzatish jarayonida istedodli yoshlarning ro'yxatini tuzishga erishdilar. Unga ko'ra, “Paxtakor”, “Bunyodkor” va “Nasaf” jamoalaridan 5-6 nafardan, “Lokomotiv”, “Spartak” va "Odil Junior" jamoalaridan 1-2 nafardan nomzodlar termaning dastlabki tarkibiga kiritilishdi. Mazkur saralangan tarkib ertaga "Bunyodkor" futbol akademiyasida “Bunyodkor”ning 15 yoshli tarbiyalanuvchilariga qarshi nazorat o'yinida maydonga tushishi belgilangan.


Tabiiyki, bu tarkib Abduraimov uchun yakuniy emas, tarkib yil davomida shakllanib borilishi bosh murabbiyning ish rejasidan o'rin olgan. Qolaversa, yaqinda 14 yoshlilar o'rtasida O'FA taqvimi doirasida o'tadigan turnirdan keyin yana tarkibga bir qator nomzodlar kiritilishi belgilangan. SHu turnirlar so'nggida yuz nafarga yaqin kengaytirilgan tarkib tuzilishi, aprel, mart va may oylarida tashkil etiladigan o'quv-mashg'ulot yig'inlari davomida yoshlar saralab olinishi va yakunda 30-40 nafarli tarkib shakllantirilishi bo'yicha reja ishlab chiqilgan.

Ish rejasida shu yilning yoz oylarida Markaziy Osiyo davlatlarining birida aynan shu yoshdagi o'smirlar o'rtasida Markaziy Osiyo davlatlari  o'rtasida o'ziga xos xalqaro turnir o'tkazish ham o'rin olgan.  

24 mart.
"Paxtakor" - "Odil Junior" – 3:1
"Lokomotiv" - "Nasaf" – 3:2

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика