

Bundan ko'zlangan maqsad O'zbekiston o'smirlar terma jamoasini shakllantirish, uning tarkibiga istedodli futbolchilarni saralab-tanlab olishdan iborat.
Saralab olish mas'uliyati yaqin o'tmishning taniqli futbolchisi Azamat Abduraimov zimmasiga yuklatilgan. 16 yoshli o'smirlar termasini boshqarishga biriktirilgan Abduraimov boshchiligidagi selekcionerlar guruhi musobaqa davomida Toshkent, Qashqadaryo va Namangandagi istedodli futbolchilarning xatti-harakatlarini kuzatishadi, xulosa qilishadi.
O'zbekiston U-16 terma jamoasi joriy yilda shakllanadi, 2019 yili Osiyo chempionati saralashida ishtirok etadi. Agar saralashdan muvaffaqiyatli o'tsa 2020 yil Osiyo chempionati final bosqichida qatnashadi. Ushbu qita chempionatida yarim finalga qadar yetib borgan o'smirlar terma jamoalariga esa 2021 yilda bo'lib o'tadigan U-17 Jahon chempionatida qatnashish yo'llanmasi beriladi.
Bugun O'FF sun'iy maydonida ikkita o'yin bo'lib o'tdi:
20 mart.
"Paxtakor" (Toshkent) - "Nasaf" (Qarshi) – 2:1
"Odil Junior" (Namangan) - "Lokomotiv" (Toshkent) – 1:1
22 mart.
"Odil Junior" - "Spartak"
"Bunyodkor" - "Nasaf"
24 mart.
"Paxtakor" - "Odil Junior"
"Lokomotiv" - "Nasaf"
