Navro'z Alimov "Qo'qon-1912"da
10 fev 2016 07:35
Yangiliklar
Navro'z Alimov "Qo'qon-1912"da
Kecha kunning birinchi yarmida mashg'ulot o'tkazgan futbolchilarimiz Osiyo CHempionlar ligasi o'tish bosqichi doirasidagi “Bunyodkor” – “Al SHabab” uchrashuvini mamlakatimizdagi eng ko'rkam stadionda ko'zatib borishdi.
Yig'inning ikkinchi kunida jamoamiz safida o'zgarish bo'ldi. “Qizilqum”dagi o'yinlari orqali muxlislar nazariga tushgan Navro'z Alimov tarkibga qo'shildi. Huquqiy jihatdan “Paxtakor”ga tegishli bo'lgan hujumchi o'tgan mavsumni “Qizilqum”da o'tkazgandi.
“Qo'qon-1912” jamoasi murabbiylar shtabida ham o'zgarish yuz berdi. SHu kunga qadar “Andijon”da faoliyat olib borgan Sergey Kovshov “Qo'qon-1912”da ish boshladi. Kovshov bosh murabbiy yordamchisi sifatida faoliyat yuritadi. Sergey Gennadevich bir necha kun oldin jamoamizni tark etgan Vadim SHodimatov o'rnini egalladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar