Navoiylik muxlislar Toshkentga boradi
20 avg 2015 16:20
Yangiliklar


Navoiylik muxlislar Toshkentga boradi
Ular nafaqat navoiyliklarni o'z maydonida, balki safarda bo'ladigan uchrashuvlarda ham stadionning o'ziday turib qo'llab-quvvatlashga odatlanishgan.
Oliy liganing 19-turi doirasida “Qizilqum” Toshkentda “Paxtakor” jamoasi mehmoni bo'ladi. Uchrashuv 21 avgust kuni soat 18.30 da “Paxtakor” markaziy stadionida boshlanishi belgilangan.
Ko'psonli navoiylik ishqibozlar esa mazkur o'yinda konchilarni qo'llab-quvvatlashga shaylanishgan.
Muxlislarga qulaylik yaratish maqsadida “Qizilqum” PFK Navoiydan poytaxtimizga borib kelish uchun maxsus avtobuslar ajratgan. Rejaga ko'ra, “Qizilqum” ishqibozlar klubi azolari 21 avgust kuni soat 06.00 da Navoiydagi “So'g'diyona” stadioni oldidan yo'lga otlanishadi.
Murojaat uchun telefon: +998913333773. SHahriddin Ishnazarov, “Qizilqum” fan-klubi etakchisi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar