So’nggi yangiliklar

19:17АПЛ. "Арсенал" ўз уйида "Ноттингем Форест"ни йирик ҳисобда таслим этди, Субимендидан дубль!  17 19:00Суперлига. "Пахтакор" – "Нефтчи" (матнли трансляция)  43 18:41"Реал Сосьедад" — "Реал Мадрид". Таркиблар маълум  9 18:00"Қўқон-1912" — "Қизилқум" 2:1 (матнли трансляция)  8 16:57Пепе Ла Лигада ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Вильярреал" форварди Ямал ва Мбаппени ортда қолдирди  0 16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  2 15:19ЎзЭл Классикосига превью  15 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  6 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  1 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  2 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  1 11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  6 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  15

Navoiydagi stadion Superliga o'yinlariga mezbonlik qila olmaydi Yangiliklar

Navoiydagi stadion Superliga o'yinlariga mezbonlik qila olmaydi

PFLning malum qilishicha, Navoiydagi "Yoshlar sport majmuasi" Superliga uchrashuvlarini o'tkaza olmaydi.

2023 yilning 16 mart sanasida Liga “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJga xat yo'llagan bo'lib, unda 2023 yilgi mavsumning ikkinchi yarmidan boshlab Yoshlar SM Superliga uchrashuvlarini qabul qila olmasligi malum qilingandi.


Keyinchalik 2023 yilning 27 may sanasida Yoshlar SMni “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ uchun berish yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 282-F-son farmoyishi qabul qilindi. SHundan kelib chiqib, Yoshlar SMda Superliga uchrashuvlarini mavsum yakuniga qadar o'tkazish belgilandi. 2023 yilning 10 oktyabr kuni esa “Yoshlar SM” Superliga uchrashuvlarini o'tkazish talabiga javob bermasligi, maydonning drenaj, sug'orish va yoritish tizimi, shuningdek, maysani almashtirish, klub uchun baza, mashg'ulotlar maydonlari qurish masalalari yana bir karra eslatib o'tildi.

2023 yilning 15 dekabr kuni Liga mutaxassislari Navoiyda bo'lib, Yoshlar SM maydonini o'rgandi. 2015 yil stadionga 70 foiz POA, 20 foiz FESTUCA, 10 foiz LOLIUM navli maysa yotqizilgan. Bugunga kelib maysa sifati 5 ballik tizimda 2, parvarish darajasi 3, maysa chidamliligi esa 4'ga baholandi.

Maysa butun maydonni 80 foizgacha qismini qamrab olgan. Uning 70 foiz qismida rang asosiy tusdan farqlanadi. Suvning yutilib ketish darajasi 20 foizga teng. Maysa ichida yovvoyi o'tlar ham, shikastlanganlari ham, hashorot va zararkunandalar ham bor. SHunga qaramay, uch yo'nalish bo'yicha maydon maysasi ijobiy baho oldi. Biroq rangning o'zgarishi hamda suvning yutilib ketish darajasida 10 balldan 2'ga loyiq ko'rildi. 


Yaxshi tarafi, stadionni parvarish qilish uchun eng zarur texnikalar mavjud. Keyinchalik stadion tamirdan chiqarilsa, Paxtakor va Bunyodkor klublari singari texnikani yanada yaxshilash va to'ldirish mumkin bo'ladi.


Qizilqum 10 yanvar sanasiga qadar Superliga uchrashuvlarini o'tkazish uchun boshqa stadion bilan uch tomonlama kelishuv imzolashi lozim.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика