Navbatdagi mavsumda "Valensiya"ni boshqaradigan murabbiy nomi aniq bo'ldi

Mirjalol Normatov
20 may 2021, 23:36
"Carrusel Madrid" nashri xabariga ko'ra, Pepe Bordalas navbatdagi mavsumda "Valensiya"ni boshqaradi.

Manbada qayd etilishicha, mutaxassis 23 may kuni "Xetafe" boshqaruvida "Granada"ga qarshi so'nggi o'yinini o'tkazadi va shundan keyin "Valensiya" bilan 3 yillik shartnoma imzolaydi.

"Valensiya" Primeroning tugashiga bir tur qolganida 13, "Xetafe" esa 16-o'rinda qayd etilgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Carrusel Madrid