So’nggi yangiliklar

03:10Италия кубоги. "Милан" "Рома"ни мағлубиятга учратиб, ярим финалга йўл олди. Шомуродов бир тайм ўйнади  60 03:00"Ньюкасл" жавоб учрашувида ҳам "Арсенал"ни мағлубиятга учратиб, Лига кубоги финалига йўл олди!  4 03:00"Реал Мадрид" қўшиб берилган дақиқалардаги гол эвазига "Леганес"ни таслим этди ва Испания кубоги ярим финалига йўл олди!  15 00:50Goal нашри айни вақтда "Олтин тўп" соврини учун номзодлар рейтингини тузди  8 23:32ОКМК Шимолий Корея терма жамоасига қарши назорат ўйини ўтказади  2 23:00"Қизилқум" Туркия йиғинига жўнаб кетди. Таркибда кимлар бор?  1 22:36Мбаппе "Реал"нинг январь ойидаги энг яхши ўйинчиси бўлди  3 22:15Озарбайжондаги "ўзбек дербиси"да дуранг қайд этилди. Жалолиддинов 81 дақиқа ўйнади  6 21:57Туркия кубоги. "Ризеспор" "Анқарагучу"ни мағлубиятга учратди. Алиқулов тўлиқ ўйнади  9 21:35"Нефтчи" Туркиядаги назорат ўйинида Қозоғистон клубини мағлубиятга учратди  3 21:12Флик "Барса"нинг биринчи рақамли дарвозабони кимлигини айтди  6 20:48Пике "Реал"нинг ҳакамликдан эътирози ҳақида: "Мадридликлар тарихидаги энг зўр гол офсайддан урилган"  41 19:47"Наполи" нега Гарначони харид қила олмагани маълум бўлди  1 18:23"Ливерпуль" ван Дейкка ўринбосар топди  3 17:58Ўзбекистон аёллар футзал терма жамоаси Тошкентда йиғинга киришди  2

"Navbatchi o'yinlar". "Neftchi" Toshkentda ochko yo'qotadi, "Oqtepa" G'ijduvonda... Yangiliklar

"Navbatchi o'yinlar". "Neftchi" Toshkentda ochko yo'qotadi, "Oqtepa" G'ijduvonda...

O'zbek futbolining so'nggi 10 yillikdagi eng katta qadami so'ralsa, Superliga bahslarining to'liq tartibda translyaciya qilinayotganini ko'rsatgan bo'lardik.

Bu futbolning rivoji va shaffoflashuvida muhim odim. So'nggi 2 yilda Pro ligas bahslarining qisman translyaciya qilinayotgani esa muxlislar uchun "Amerikani qayta kashf qilib berdi", desak mubolag'a bo'lmaydi. Imij masalasida o'tmishdagi 1-liga va bugungi Pro ligani solishtirishning o'ziyoq fikrimizni tasdiqlab turgandek.

Turnirning joriy mavsumida elita yo'llanmalari uchun kurash "Buxoro", "Neftchi" va "Dinamo" kabi tajribali, "Olimpik"dek oldiga katta maqsad qo'yilgan jamoalar o'rtasida kechayotgani kishini quvontiradi.

Bir necha yil oldin gazeta varoqlariga yozilgan quyi diviziondagi o'yin natijalarini etiborsiz qoldirib o'tib ketgan 100 minglab muxlislar bugun Pro liganing har turini o'ziga xos intriga bilan kutyapti. Biroq, inglizlar ixtiro qilgan o'yin ishqibozlari orasida shunday toifa borki, o'zbek futbolini deyarli kuzatmaydi. Bunday kishilar sabab sifatida ichki chempionatda "navbatchi o'yinlar" sonining ko'pligi, aniq natijani uchrashuv boshlanishidan oldin topish mumkinligini ko'rsatishadi. 

Ularning qarashlari qanchalik to'g'ri? SHu savolga javob topish maqsadida Pro liganing 10-turi oldidan barcha o'yinlardan kutayotgan natijalarimiz haqida malumot berishga qaror qildik. Ko'ramiz, "navbatchi o'yinlar" haqidagi fikrlar o'zini oqlay olarmikan. 

"Buxoro"dan yirik g'alaba...

Murabbiylarini qo'lqopdek almashtiradigan sharif shaharning bosh jamoasi bugun Toshkentning "Oqtepa"sini qabul qiladi. Uchrashuv 18:00 da G'ijduvondagi "Navro'z" o'yingohida start olishi rejalashtirilgan. 

Buxoro

Azamat Isroilov - 85', Rustam Abduxamidov - 87', Suhrob Ne’matov - 90'

PRO liga. 10-tur

06/06/2021, 18:00

-
:
-
Boshlanmadi

Oq-tepa

Sunnatulla Mamadaliyev - 31', Aziz Pirmuhammadov - 60', Karvalo Da Silva - 81'

Mazkur bahsda mezbonlarning yirik hisobdagi g'alabasini kutyapmiz. Boisi shundaki, "Buxoro" bu uchrashuvga juda ko'tarinki kayfiyatda etib keldi (o'tgan turda musobaqa peshqadami "Neftchi" mag'lub qilingandi). "Oqtepa" esa joriy mavsum safar o'yinlarining barchasida bir xil natija qayd etyapti — mag'lubiyat (jamoaning "Istiqlol" bilan Farg'onada o'tgan g'alabali o'yini natijasi bekor qilingan). Toshkent klubi uchun yoqimsiz seriya bu 10-turda ham davom etsa kerak. SHuningdek, musobaqa to'purarligi uchun kurashayotgan "Buxoro" hujumchisi Davron Isoqovning mazkur bahsda gollar sonini ko'paytirib olish ehtimoli juda yuqori.

Eslatib o'tamiz, "Oqtepa" va "Buxoro" o'rtasida Toshkentda o'tgan 1-davradagi bahsda bugungi mezbon 3 ochkoga ega chiqqandi (1:2).

Abduraimovning mag'lubiyatsiz yurishi tugaydi

18 may kuni "Yangier"da Ildar Sakaevning o'rnini egallagan Azamat Abduraimov 10-turda sobiq klubi bilan to'qnashadi. 

Yangiyer

Mpako Etame Jerom - 4'

PRO liga. 10-tur

07/06/2021, 18:00

2
:
1
Tugadi

Dinamo

Dmitro Sidorenko - 63', Siroj Meliyev - 85'

45'
90'
4'  Mpako Etame Jerom
33'  Oybek Ahmatov
45'  Abdumalik Toshpo’latov
46'  Oybek Ahmatov (Mbeke Dieudonee)
56'  Abdumalik Toshpo’latov (Sanjar Baratov)
72'  Jonibek Mirzaqulov (SHoxzamon Xayrullaev)
72'  YOdgor Nazarov (Ahrorzhon Inoyatov)
75'  SHoxzamon Xayrullaev
87'  Mpako Etame Jerom (Xurshid Asqaraliev)
89'  Mbeke Dieudonee
46'  Jasur Hasanov (Temur Hakimov)
63'  Dmitro Sidorenko
66'  Temur Usmonov (Islom Sharipov)
70'  Oleg Marchuk
83'  Oleg Marchuk (Siroj Meliyev)
85'  Siroj Meliyev

55 yoshli mutaxassis Sirdaryo jamoasi boshqaruvidagi dastlabki 2 o'yinida 4 ochko olishni uddaladi. Abduraimov "Yangier" bilan ilk mag'lubiyatini Hakim Fuzaylovdan qabul qilib olishini taxmin qilyapmiz. Joriy turda 2 asosiy raqobatchilaridan biri ("Neftchi" va "Olimpik") ochko yo'qotishi aniqligini bilib turgan "Dinamo" futbolchilari bu o'yinni "Yangier"ga berib qo'yishmasa kerak. 

Eslatib o'tamiz, Samarqand va Sirdaryo klublari o'rtasida o'tgan 1-davradagi bahsda "Dinamo" zafar quchgan edi (2:1). 

"Aral Samali" safardagi ilk g'alabasini tantana qiladi

10-turda musobaqaning asosiy autsayderi Nukusning "Aral Samali" klubini qabul qiladi. 

Sho'rtan

PRO liga. 10-tur

08/06/2021, 18:00

1
:
0
Tugadi

Aral Samali

Navro’zbek Alimov - 77'

45'
90'
62'  Azizbek Rashidov (Asadbek Samariddinov)
67'  CHoriyor Tursunqulov (Ruslan YUlmuxametov)
64'  Azamat Allaniyozov (Jamshid To'raboev)
64'  Yerbol Seytnazarov (Jamshid To'raboev)
73'  Arislan YUsupbayev (Amir Abdiraziyev)
77'  Navro’zbek Alimov
90'  Ulug'bek Bekbosinov
90'  Islom Seytnazarov
90'  Ruslanbek Menlimuratov (Asadbek Yuldashev)

FIFA taqiqi tufayli qiyin ahvolga tushib qolgan "SHo'rtan" joriy mavsum uy uchrashuvlarida faqat 1 ochko to'play oldi. Buning ustiga, 28 may kuni O'FA Etika qo'mitasi Qashqadaryo jamoasining bazi o'yinchilarini diskvalifikaciya qilgani malum bo'ldi. Xullas, "SHo'rtan" hozir juda ham qiyin vaziyatda. "Aral Samali" 8 iyun kuni vaziyatdan foydalanib, safardagi ilk g'alabasini qo'lga kiritsa kerak.

"Neftchi" markaziy bahsda ochko yo'qotadi...

10-turning markaziy o'yini 8-iyun kuni "Jar" stadionida o'tkaziladi. Bunda turnir jadvalini boshqarib turgan Ilhom Mo'minjonov boshchiligidagi "Neftchi" "Olimpik" mehmoni bo'ladi.

Olimpik

Abdurauf Bo'riev - 47', Muhammadali G'iyosov - 61', Alisher Odilov - 65'

PRO liga. 10-tur

08/06/2021, 18:00

0
:
3
Tugadi

Neftchi

45'
90'
47'  Abdurauf Bo'riev
51'  Muhammadali G'iyosov
58'  SHahzod Toirov (Eldor Begimov)
61'  Muhammadali G'iyosov
65'  Alisher Odilov
69'  Muhammadali G'iyosov (Farrux Muxtorov)
69'  Alisher Odilov (Ruslanbek Jiyanov)
69'  Bektemir Abdumannonov (Otabek Jo'raqo'ziev)
82'  Abdurauf Bo'riev (Diyor Ramazonov)
45'  Sobit Sindarov
46'  Ruslan Roziev (Sardor Abdunabiev)
46'  Darko Stanoyevich (Xudoyshukur Sattorov)
49'  Marko Obradovich
66'  Abdullo Olimov (Izzat Abdullaev)
66'  Marko Obradovich (Sherzod Karimov)
67'  Saidullo Rahmatov (Umar Adhamzoda)

Malumot uchun, Farg'ona klubi joriy mavsum faqat 2 ta jamoani yuta olmadi. Ulardan biri aynan "Olimpik" hisoblanadi. Timur Kapadze shogirdlari 8 iyun kuni ham bor imkoniyatlarini sarflab, musobaqa karvonboshisidan ochko tortib olishsa kerak. CHunki mag'lubiyat "Olimpik"ning elita yo'llanmasi uchun imkoniyatlarini pasaytirib yuboradi ("katta uchlik" ilgarilab ketadi).

Qadrli muxlis, siz 10-turdan qanday natijalarni kutyapsiz?

Muallif :
Reyting: -14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика