Navbat "Barselona"ga kelgandami? RFEF dagilar ro'yxatdan o'tkazish qoidasi eskirgan deb hisoblashmoqda
07 jan 01:32
Yangiliklar
Navbat "Barselona"ga kelgandami? RFEF dagilar ro'yxatdan o'tkazish qoidasi eskirgan deb hisoblashmoqda
Ispaniya Qirollik futbol federaciyasidagilar (RFEF) mamlakatda futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazish qoidasini eskirgan deb o'ylashmoqda.
"Barselona" huddi shu dalilni Oliy sport sudida ishga solmoqchi.
RFEFdagilarning fikricha, qoidalar "ularni Ispaniya qonunchiligiga va raqobat ehtiyojlariga moslashtirish uchun o'rganilishi kerak".
Malumotlarga ko'ra, RFEF yuridik departamenti bir necha kundan beri amaldagi qoidalarni tahlil qilmoqda. Tashkilotdagilar echimni topish uchun ochiqligini malum qilishmoqda, chunki Olmo Ispaniya terma jamoasi uchun muhim futbolchi.
Kataloniya klubi o'z navbatida reglamentning 100.2 qoidasiga tayanmoqchi, unga ko'ra aynan klub o'z futbolchilarini ro'yxatdan o'tkazishi va bekor qilishi kerak.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Fikrlar