So’nggi yangiliklar

09:45Тиаго Силва янги жамоаси билан шартнома имзолади  0 09:19Мбаппенинг «Боруссия»га қарши учрашувдаги ҳаракатлари 2 баҳога лойиқ кўрилди  11 08:53Месси ХХI асрда ушбу натижага эришган биринчи футболчига айланди  6 08:26Луис Энрике ПСЖнинг EЧЛдан чиқиб кетишига муносабат билдирди  15 08:00ПСЖ — «Боруссия» учрашувининг «man of the match» соҳиби маълум  12 07:32Эрон чемпионати. Остон рамзийдан жой олди, Машариповчи?  4 07:07Аббосбек Файзуллаев РПЛ рамзий терма жамоасидан ўрин олди  5 06:20Чемпионлар лигаси 1/2 финал. ПСЖ - "Боруссия Д" 0:1  2 06:127та гол урилган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  2 01:53ЕЧЛ. "Боруссия" жавоб ўйинида ҳам ПСЖни мағлуб этиб, дастлабки финалчига айланди  94 01:19Месси тарихда голлар ва ассистлар бўйича пента-трикка эришган биринчи футболчига айланди  43 00:54Агуэро бўлажак АПЛ ғолибини тахмин қилди  3 00:25Испаниялик футболчи юрак хуружига учраган мухлис сабабли ўйинни тўхтатишни сўрагани учун майдондан четлатилди  1 00:06БАА Про лигаси. Эркинов 68 дақиқа ўйнаган баҳсда "Ал Ваҳда" ғалаба қозонди  0 23:48"Ланс" ҳимоячиси ўғрилик қурбони бўлди  2

“Navbahor”ga o'tish qarori xato bo'lgani, nima uchun “Metallurg”ga qaytdi? Islombek Isoqjonov bilan intervyu Yangiliklar

“Navbahor”ga o'tish qarori xato bo'lgani, nima uchun “Metallurg”ga qaytdi? Islombek Isoqjonov bilan intervyu

Joriy mavsumni “Navbahor”da o'tkazgan yarim himoyachi Islombek Isoqjonov “Metallurg” bilan shartnoma imzoladi.

Umuman olganda, Isoqjonov faoliyatining aksariyat qismini bekobodliklar safida o'tkazgan va undan keyin “Navbahor”dan tushgan taklif asosida namanganliklar bilan shartnoma imzolagandi. Qadrdon jamoasiga qaytishi borasida Islombek Isoqjonov bilan suhbatlashib, o'zimizni qiziqtirgan savollarga javob oldik.

- Islombek, “Metallurg”ga o'tishingiz borasida gaplashsak...
- Avval barcha yurtdoshlarimni kirib kelayotgan yangi yil bilan tabriklayman. “Metallur”ga o'tishimga sabab u jamoa men uchun begona emas. SHavkat aka Saidovning taklifi bilan yana qadrdon jamoamga qaytdim. CHunki futbolchi sifatida o'sishimda, muxlislar orasida hurmat topishimga aynan “Metallurg” sababchi bo'lgan. Yana o'sha insonlar bilan birgalikda ishlash istagi yuqorilik qildi hamda o'ylab o'tirmasdan “Metallurg” bilan shartnoma imzoladim. Bu men uchun to'g'ri qaror bo'ldi deb bemalol ayta olaman. Umid qilamanki, yangi mavsumda bekobodliklar bilan muvaffaqiyatlarga erishmoqchimiz.

- “Navbahor”da ikki mavsum to'p tepdingiz. Taassurotlar bilan o'rtoqlashsangiz...
- To'g'risi, u erga moslashishda menga qiyinchilik paydo bo'ldi. Agar namanganlik bo'lmaganimda hozir jamoani eng muhim futbolchilaridan biri bo'lgan bo'lardim. “Navbahor”da barcha sharoitlar bor. Rahbariyatdan tortib ishchi xodimlarga yaxshi insonlar faoliyat yuritishadi. Ular mening moslashib ketishimga qo'llaridan kelgancha harakat qilishdi. Biroq faoliyatimdan qoniqish hosil qilganim yo'q. “Navbahor”ga qaytib to'p surishim xato bo'ldi deya olaman. SHu o'rinda Andrey Kanchelskis qo'l ostida yomon mavsum o'tkazmadim. Biroq o'zim istagan darajada o'tdi deyish fikridan yiroqman. Nima bo'lsa ham namanganliklardagi faoliyatim uchun barcha insonlarga minnatdorchilik bildiraman.



- “Metallurg” siz uchun begona emas. Uch mavsum to'p tepdingiz. Umuman olganda, klub siz uchun nimasi bilan qadrdon hisoblanadi?
- Ortda qolgan uch mavsum men uchun tez o'tdi. Aslida o'tgan mavsumda ham bekobodliklar safida qolishim mumkin edi. Biroq oilaviy muammolar tufayli “Navbahor”da qolishga majbur bo'ldim. Bu yilgi mavsum tugashi bilanoq yana qadrdon jamoamga qaytishni maqsad qildim. Yashirmoqchi emasman, menga boshqa klublardan ham yaxshi takliflar kelib tushdi. Lekin yuqorida aytganimdek, “Metallurg”dagi barcha insonlar men uchun oilamdek bo'lib qolgan. SHu bois men boshqa takliflarni o'ylab ham o'tirganim yo'q.

- Yakunlangan mavsumda “lochinlar”ning ishtirokini qanday baholagan bo'lardingiz?
- Mavsum muvaffaqiyatsiz o'tdi deb o'ylamayman. Futbolchilar ham murabbiylar shtabi ham mavsumni yaxshi tugatish istagida qo'llaridan kelgancha harakat qilishdi. Samvel Babayan kelganidan so'ng jamoa o'yinida o'sish kuzatildi. Biroq Namanganda kechgan o'yinlarda o'z darajamizda o'ynay olmadik. Ko'plab ochkolarni yo'qotdik. Kelgusi yilda klubning maqsadlari katta. Menimcha, oldingi qo'yilgan xatolardan to'g'ri xulosa qilingan holda chempionlik uchun kurashsa kerak. Rahbariyat barcha sharoitlarni yaratib bergan.

- Samvel Babayan “Navbahor” bosh murabbiyi sifatida yangitan jamoani shakllantirmoqda. Balki Babayanning rejalariga mos tushmagandirsiz...
- Bilasizmi, Samvel Babayan bilan yangi mavsum uchun rejalari haqida gaplashgandik. CHempionat yakuniga etmasidan avval ham bu haqda gaplashib olgandik. Lekin jarohat olgandan keyin so'nggi o'yindan oldin ko'rishdik. O'shanda ham bu haqda gaplashib oldik. Umuman olganda, men “Metallurg”ga o'tishim bo'yicha bir qarorga kelib bo'lgandim va Babayan meni jamoada qolishimni aytganda ham jamoamni almashtirishimni aytgan bo'lardim.

SHu o'rinda ikki mavsum “Navbahor” jamoasi futbolchilari va barcha xodimlariga rahmat aytaman. Qolaversa, Namangan viloyati hokimi SHavkat aka Abdurazzoqov, jamoa rahbarlari Otabek aka va Oybek akalarga hamda jamoani har qanday vaqtda qo'llab turgan muxlislariga rahmat aytaman. Kelgusi mavsumda jamoaga faqat omad tilayman.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика