So’nggi yangiliklar

15:25"Ливерпуль" Конате билан янги шартнома бўйича келишувга эриша олмаяпти, футболчига "Реал" қизиқиш билдирмоқда  0 14:55Левандовски 2026 йилнинг ёзида Саудия Арабистонига ўтиши мумкин  5 14:30Вирцнинг "Ливерпул"га мега трансфери! Нима учун инглизлар шунча пулдан воз кечишга қарор қилишди?  1 14:20ОКМК 6 йилдан буён Намангандан ғалабасиз қайтмоқда. Лушчан ва Қосимов дуэлида ким ғолиб чиқади?  3 13:58"Ал Иттиҳод" Погба учун курашга киришди  4 13:37Учрашувнинг сўнгги қисми жанжалга айланиб кетган "Нефтчи" - "Бухоро" баҳсидан ГАЛEРEЯ  1 12:25"Интер" Маркус Рэшфордни нишонга олди  3 11:47А Серия клуби Антони билан шартнома имзолашга уринди. Аммо, у Испанияга қайтишни хоҳламоқда  1 11:20"Манчестер Сити" ўйинчиси янги клуби билан келишувга эришди  1 10:51Поль Погба “Монако“га ўтмайди. Унинг режалари ўзгарди  4 10:23“Арсенал“ Испания терма жамоаси аъзоси билан келишувга эришди (Фабрицио Романо)  2 09:55Элдор Шомуродовга Франциядан ҳам таклиф бор  24 09:27“Манчестер Сити“ Ҳусановни Франция клубига ижарага беришни истамади  20 08:58Расман. Аббосбек Файзуллаев жамоасига янги бош мураббий тайинланди  0 08:28“Истанбул Башакшехир“ Элдорнинг трансфери учун “Рома“га қанча таклиф қилгани маълум  8

"Navbahor"dan bugun kim o'zini ko'rsatadi? "Andijon"ni qaysi futbolchi tark etadi? Sanjar Asqaraliev bilan vodiy derbisi oldidan Yangiliklar

"Navbahor"dan bugun kim o'zini ko'rsatadi? "Andijon"ni qaysi futbolchi tark etadi? Sanjar Asqaraliev bilan vodiy derbisi oldidan

Bugun Superliganing 12-turida vodiy derbisida "Navbahor" va "Andijon" jamoalari to'qnash keladi.

Mazkur derbiga odatdagidek qiziqish katta, deya olamiz. Viktor Jalilov murabbiyligidagi "Navbahor" oltita uchrashuvdan beri mag'lubiyatsiz seriya qayd etayotgan bo'lsa, "Andijon" joriy mavsum hali g'alaba qozona olmadi. Tarkib va futbolchilarning darajasi jihatdan mezbonlarda kichik ustunlik bor, deya olamiz. Biroq "Andijon" ham so'nggi uchrashuvlarda o'z o'yinini topib olayotganini payqash qiyin emas. Faktlarga etibor beradigan bo'lsak, "Andijon" "Navbahor" maydonida hali g'alaba qozona olmaganini ko'rishimiz mumkin. 

Biz esa qiziqarli o'tishi kutilayotgan o'yindan oldin o'z vaqtida ushbu ikki jamoa tarkibida to'p tepgan sobiq futbolchi Sanjar Asqaralievning fikrlari bilan qiziqdik.

- Bugungi derbida qaysi jamoaning imkoniyatlarini yuqori baholaysiz?

- Fikrimcha, ushbu uchrashuvda "Navbahor" g'alabani o'zinki qiladi. "Andijon" esa barchamiz kutayotgan o'yinni namoyish qila olayotgani yo'q. Mezbonlar shu paytgacha o'z maydonida "Andjion"ga mag'lub bo'lmagan. Bugun ham mazkur anana davom etishi mumkin. SHuningdek "Navbahor"ga o'z muxlislari ko'z o'ngida to'p tepayotgani qo'shimcha kuch berishi tabiiy/

- Odatda derbilarda o'yin bir chetda qolib, hakamlar asosiy planga chiqadi. Bugungi hakamlik qanday o'tishini taxmin qilasiz?

- Hakamlarga bugungi kunda ikki barobar ko'proq qiyin bo'lmoqda. Birinchi o'rinda derbi, uchrashuv darajasi. Ikkinchidan hakamlar xato qilishdan qo'rqishmoqda. Bilasiz, xato qilaman, degan inson qo'rqsa baribir o'sha xatoni qiladi. Lekin Zokir Qodirovning tajribasiga ishonaman. O'yinni yaxshi boshqaradi, degan umiddaman".

- Faoliyatingizda eng yodda qolgan derbi qaysi bo'lgan?

"Ha, esimda. 2012 yil Farg'onaga qaytib borganman. O'shanda "Navbahor" rahbarlari bilan kelisha olmagandim. Biz 3:0 hisobida g'alaba qozonganmiz". 

- Bugun qaysi futbolchilar o'zini ko'rsatadi?

"Navbahor"da Ivan Solavyov o'zini ko'rsata oladi, deb o'ylayman. "Andijon"dan Ibrohim Otaxonovga omad tilayman. Eshitishimcha, Jasur Jaloliddinov jamoani tark etar ekan. Umuman olganda bugun ikki jamoa ishtirokida chiroyli o'yin kutib qolaman".

Abdulaziz Iskandarov yozib oldi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика