"Navbahor"da 30 yoshli ukrainalik hujumchi ko'rikdan o'tadi
28 jan 2021 19:29
Yangiliklar


"Navbahor"da 30 yoshli ukrainalik hujumchi ko'rikdan o'tadi
Ayni paytda o'z o'quv – mashg'ulot yig'inini Toshkentda olib borayotgan “Navbahor” safiga yangi legioner qo'shildi.
Bu ukrainalik hujumchi Yuriy Kolomoec bo'lib, u 1990 yilning 22 martida Ukrainaning Krivoy Rog shahrida tug'ilgan.
Futbolchilik faoliyati davomida Ukrainaning “Krivbass” (Krivoy Rog, 2007 - 2010 yillar), “Neftyanik - Ukrneft” (Axtirka, 2008 yil), “Gornyak” (Krivoy Rog, 2010 - 2012 yillar), “Aleksandriya” (Aleksandriya, 2013-2015 yillar), “Vorskla” (Poltava, 2016, 2017 -2019 yillar), Vengriyaning MTK (Budapesht, 2017 yil) jamoalarida to'p surgan.
Kolomoec o'tgan mavsumda Estoniyaning “Levadiya” (Tallin) klubida o'ynagan.
Ushbu futbolchi jamoa mashg'ulotlariga ertadan qo'shiladi va uning xatti – harakatlari murabbiylar shtabiga maqul kelsa, tajribali hujumchi bilan shartnoma imzolanadi.
Reklama
O’xshash yangiliklar

Fikrlar