"Navbahor": Yoshlarimiz “Norin” bilan o'ynashadi
15 jan 2016 18:29
Yangiliklar
"Navbahor": Yoshlarimiz “Norin” bilan o'ynashadi
Durbek Umaraliev, Mustafo Bayramov va SHerzod Jo'raev kabi murabbiylar qo'l ostida bugungi kunda 25 nafar futbolchi shug'ullanmoqda.
Murabbiylar mashg'ulotlar chog'ida bir qator iqtidorli yoshlarni ham sinovdan o'tkazishmoqda. Ishonchni oqlagan yoshlar esa yangi mavsumda “Navbahor” libosida maydonga tushish huquqiga ega bo'ladilar. Yoshlar jamoamiz murabbiylari ham mashg'ulotlar davomida asosiy etiborni jismoniy quvvatni mustahkamlovchi mashqlarga qaratishmoqda. SHu bilan birgalikda nazorat o'yinlarini o'tkazish ham rejalashtirilgan.
Yoshlarimiz mavsumlar oralig'idagi dastlabki uchrashuvni ertaga o'tkazishadi. Yosh “navbahor”chilar Norinda birinchi liganing yangi vakili “Norin” jamoasi bilan kuch sinashishadi. Ikkinchi uchrashuvni esa 23 yanvarda o'tkazish ko'zda tutilgan. Futbolchilarimizning ikkinchi o'yindagi raqibi nomiga hozircha aniqlik kiritilganicha yo'q. Ayni paytda bu borada muzokaralar davom etmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar