"Navbahor": Yoshlarimiz g'alaba qozonishdi
16 jan 2015 16:25
Yangiliklar
"Navbahor": Yoshlarimiz g'alaba qozonishdi
Mavsumga tayyorgarlik ko'rayotgan yoshlarimiz bugun navbatdagi nazorat uchrashuvini o'tkazishdi.
Lyan boshchiligidagi jamoaga bu safar To'raqo'rg'on tumanida joylashgan futbol maktabi tarbiyalanuvchilaridan tashkil topgan jamoa raqib bo'ldi. To'raqo'rg'onliklar safida ayni paytda jamoamiz yurgan Islom Jo'raev, Timur Sultonov, Ayubxon Gapparov va Farhod SHokirov kabi viloyatimiz futboli tarbiyalanuvchilari ham to'p surishdi. Yoshlarimiz safida asosiy tarkib bilan shug'ullanib, mahoratlarini oshirayotgan futbolchilarimiz maydonga tushishdi.
Yoshlar jamoasi murabbiylari mazkur o'yin orqali mashg'ulotlarda qatnashayotgan bir qator futbolchilarni yana bir bor ko'zdan kechirishdi. Uchrashuvdan kelib chiqqan holda murabbiylar talabga javob bermagan yoshlarga javob berishga qaror qilishdi. O'yin esa yoshlarimizning 3:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. Gollarga Sardor Telyakov (12,25) va Sodiq Erkinov (89)lar mualliflik qilishdi.

Tarkib esa quyidagicha ko'rinishga ega bo'ldi: A.Ergashev, F.Umaraliev, S.Toshpo'latov, O.Halilov, H.Yunusov, I.Ismoilov, A.Turg'unboev, S.Telyakov, A.Umarov, A.Hojimirzaev, I.Abdullaev.
Zaxiradan maydonga tushganlar: D.To'xtaboev, I.Malikov, S.Botirxanov, I.Siddiqjanov, B.Rahmanov, M.Saitbaev, X.G'aniev, A.Xoldorov, D.Hotamov, A.Nematillaev, Z.Abdullaev, A.Turg'unpo'latov, A.Yusupov, D.Malikov, S.Erkinov.
Yoshlar jamoasi Farg'ona viloyatida bo'lib o'tadigan “Hokim kubogi” musobaqasida qatnashishni rejalashtirgan. Ananaviy tarzda o'tkazib kelinayotgan mazkur turnir 30 yanvar kuni start oladi. Musobaqa 6 fevralda yakunlanadi. Kubok bahslari Farg'ona davlat universiteti o'yingohi va Qirgulidagi “Neftchi” sport majmuasi maydonida bo'lib o'tadi.

championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar