So’nggi yangiliklar

01:50Винисиус Жуниор: "Дунёнинг энг катта клуби ва терма жамоасида ўйнаш барчанинг орзуси"  0 01:15"Реал"нинг илтимоси рад қилинди  0 00:52Расман: Осимхен - "Галатасарой"нинг тўлақонли аъзоси!  3 00:35Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" "Черно Море"ни қийинчиликсиз мағлуб қилди, Шомуродов захирадан майдонга тушди  24 00:17Майкл Оуэн: "Ливерпуль" ўтган мавсумда 20 очколик фарқ билан чемпион бўлиши керак эди"  3 23:50"Манчестер Юнайтед" "Лейпциг"га хабар жўнатди  0 23:29"Милан" ўртоқлик ўйинида Австралия чемпионати аутсайдерига 9та гол урди  3 23:12"Манчестер Сити" афсонавий Чики Бегиристайн билан ҳайрлашди, у Абдуқодир Ҳусановнинг трансферида муҳим ўрин тутган  1 22:59Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" "Петрокуб" тўсиғидан осон ўтди, Умарали Раҳмоналиев жавоб ўйинида ҳам майдонга тушмади  1 22:26Пьер-Эмерик Обамеянг собиқ жамоасига қайтди  0 21:35"Реал" футболчиси "Комо"га ўтди  0 21:08Лукас Пакета бўйича якуний қарор чиқарилди  1 20:51"Арсенал"нинг икки футболчиси жароҳат олди  3 20:44Расмус Хойлунд: "Юнайтед"да қолишни истайман"  5 20:16"Локомотив"га 6 футболчи келди, 5 футболчи кетди  1

“Navbahor” yig'iniga "Rubin"da o'ynagan hujumchi qo'shiladi Yangiliklar

“Navbahor” yig'iniga "Rubin"da o'ynagan hujumchi qo'shiladi

Xabar berganimizdek, “Navbahor”ning shu yilning 10 yanvaridan boshlanadigan o'quv-mashg'ulot yig'iniga mahalliy futbolchilardan tashqari, 10 nafardan ortiq xorijlik o'yinchilar ham jalb etilishganini takidlagandik.

Mazkur legionerlarning safiga yana bir nafar xorijlik futbolchi qo'shiladigan bo'ldi.

Bu turkmanistonlik Voxit Orazsaxedov bo'lib, u 1992 yil 26 yanvarda tug'ilgan. Ampluasi – hujumchi. Orazsaxedov futbolchilik faoliyati davomida Rossiyaning “Rubin” (Qozon), “Nefteximik” (Nijnekamsk), “Rostov” (Rostov), Moldovaning “Dachiya” (Kishinyov), Turkiyaning “Osmonlispor” (Anqara), Ozarbayjonning “Sabail” (Boku), Turkmanistonning CSKA (Ashxobod), “Oltin asr” (Ashxobod) hamda “Axal” (Axal) klublarida to'p surgan.

O'tgan mavsumni esa Qirg'izistonning “Dordoy” (Bishkek) jamoasida o'tkazib, 28ta o'yinda 20ta gol urib, Qirg'iziston premer-ligasining eng yaxshi to'purari bo'ldi.

Takidlash joizki, Vaxit Orazsaxedov o'z paytida Turkmaniston yoshlar va olimpiya terma jamoalarida o'ynagan. 2016 yildan buyon Turkmaniston milliy terma jamoasida to'p surmoqda.

Eslatib o'tamiz, Vaxit Orazsaxedovdan tashqari, “lochinlar”ning yig'iniga yana bir turkmanistonlik futbolchi, himoyachi SHuhrat Suyunov ham qo'shiladi va u ham milliy terma jamoa azosi hisoblanadi.

Demak, takidlaganimizdek, “Navbahor”ning 10 yanvardan boshlanadigan o'quv-mashg'ulot yig'inida 30 nafarga yaqin mahalliy hamda 10 nafardan ortiq xorijlik futbolchilar ko'rikdan o'tishadi.

Legionerlar esa oldin xabar berganimizdek, Evropaning Rossiya, Niderlandiya, Xorvatiya, Bosniya va Gercogovina, Ispaniya, Portugaliya va Serbiya, Afrikaning Misr hamda Kamerun, Osiyoning Janubiy Koreya va Turkmaniston mamlakatlaridan tashrif buyurishadi.

Bu esa jamoaning murabbiylar shtabida tanlov imkoniyati ham yuqori bo'lishini anglatadi.

Mazkur futbolchilardan qaysi biri “Navbahor” murabbiylar shtabida ijobiy taassurot qoldirsa, o'sha o'yinchi bilan shartnoma imzolanadi.

Xorijlik futbolchilarning jamoa ixtiyoriga 10 yanvar kuni etib kelishlari kutilmoqda.


“Navbahor” matbuot xizmati

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика