"Navbahor": Xojikentdagi yig'in boshlandi
12 iyu 2016 18:45
Yangiliklar


"Navbahor": Xojikentdagi yig'in boshlandi
Kecha Toshkent viloyatining Bo'stonliq tumaniga yo'l olgan jamoamiz azolari bugun dastlabki mashg'ulotlarni o'tkazishdi.
Ertalab, asosan yugurish mashqlarini bajargan futbolchilar yana birozdan so'ng boshlanadigan kechki mashg'ulotni o'tkazishadi. Jamoamiz azolari hozirda Bo'stonliq tumanidagi Xojikent pansionatida istiqomat qilib, shu erning o'zida shug'ulanayotganliklarini aytib o'tish joiz. Ayni paytda tarkibda o'zgarish kuzatilganicha yo'q. Birinchi davrada jamoa sharafini himoya qilgan bir qator futbolchilar hozirda jamoa bilan birgalikda emasliklarini aytib o'tish joiz. Dastlabki mashg'ulotlarda qatnasha olmagan yarim himoyachi Akram Bahriddinovni bugun safga qo'shilishi kutilmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar