"Navbahor" vodiy klublari bilan nazorat o'yinlari o'tkazadi
07 jan 2015 17:06
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/157537_original.jpg)
![](/upload/storage/157537_220.jpg)
"Navbahor" vodiy klublari bilan nazorat o'yinlari o'tkazadi
"Navbahor" mavsumga tayyorgarlik ishlarini davom ettirmoqda, deya xabar bermoqda klub rasmiy sayti.
Rejaga ko'ra bugun futbolchilar dastlabki mashg'ulotni “Navbahor” markaziy o'yingohida o'tkazishdi. Dastlab, yugurush yo'lakchasida mashqlar bajarilgan bo'lsa mashg'ulotning ikkinchi qismida o'yingohda joylashgan gimnastik zalda shug'ullanildi. Ayni paytda jamoa azolari “Dinamo” o'yingohida kechki mashg'ulotni o'tkazishmoqda. Jamoamiz ertaga ham shu tartibda shug'ullanadi. 9 yanvar kuni esa mavsumlar oralig'idagi dastlabki nazorat o'yini bo'lib o'tadi. “Dinamo” o'yingohida o'tkazilishi rejalashtirilayotgan uchrashuvda futbolchilarga birinchi liga vakili “Kosonsoy” jamoasi raqib bo'ladi.
16 yanvar kuni yakuniga etadigan yig'in davomida jamoa yana bitta nazorat bahsida kuch sinashadi. Yani 14 yanvar kuni futbolchilar Qo'qonda “Qo'qon-1912” jamoasi mehmoni bo'lishadi. Jamoaning keyingi yig'ini esa 19-31 yanvar kunlari Toshkentda bo'lib o'tadi Poytaxtdagi mashg'ulotlar davomida esa o'rtoqlik uchrashuvlari soni ortadi. Qolaversa, Toshkentda munosib raqib borasida ham muammolar yuzaga kelmaydi.

![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar