"Navbahor": Vahimaga o'rin yo'q
25 iyu 2020 19:41
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/583197_original.jpg)
![](/upload/storage/583197_220.jpg)
"Navbahor": Vahimaga o'rin yo'q
“Navbahor” jamoasi azolarining shu hafta avvalida koronavirusga qarshi topshirgan test natijalariga ko'ra, bir nafar futbolchining test natijasi musbat ko'rsatkich qayd etdi.
Natijada ushbu o'yinchi jamoadan ajratilib, qatiy izolyaciyaga olindi.
SHu bois, 24 iyul kuni “Navbahor” xodimlari, murabbiylar shtabi vakillari va futbolchilar yana bir marotaba koronavirusga qarshi test topshirishdi hamda test natijalari jamoaning qolgan vakillarida manfiy ko'rsatkich qayd etdi.
“Navbahor”ning bir nafar futbolchisida koronavirus aniqlanganligi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarda elon qilinganligi jamoaning ko'plab muxlislarini tashvishga soldi.
Biroq vahimaga hojat yo'q, yana bir bor takidlaymiz, koronavirusga chalingan futbolchi qatiy izolyaciyaga olingan.
Jamoaning qolgan azolari esa mashg'ulotni davom ettirishmoqda.
“Navbahor” PFK matbuot xizmati.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar