"Navbahor" va "Paxtakor" nishonidagi futbolchi kimni tanlaydi?
10 dek 2018 12:19
Yangiliklar
"Navbahor" va "Paxtakor" nishonidagi futbolchi kimni tanlaydi?
Joriy mavsumda "Qo'qon-1912" jamoasi darvozasini ishonchli qo'riqlagan O'tkir Yusupovning qo'qonliklar bilan tuzgan shartnomasi yil oxirida tugaydi. "Mashal" tarbiyalanuvchisi hisoblangan O'tkir Yusupov oldida ayni paytda uchta variant paydo bo'lgan. Garchi shartnoma yakuniga etgan bo'lsada, "Qo'qon-1912" klubi Yusupovni jamoada olib qolmoqchi va o'rtadagi bitimni uzaytirish payida. Yusupov oldida esa bundan tashqari "Paxtakor" va "Navbahor" jamoalaridan takliflar tushgan.
Futbolchi ayni paytda kelgusi rejalari haqida bosh qotirmayapti. Ko'p narsa yil so'nggida malum bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, O'tkir Yusupov O'zbekiston terma jamoasining Turkiya yig'iniga ketadigan ro'yxatiga kiritilgan va posbon ayni paytda Osiyo Kubogiga boradigan tarkibga kirish uchun kurashmoqda.

O'tkir Yusupov joriy mavsumda Superligadagi barcha o'yinlarda to'liq o'ynagan yagona futbolchi. Yusupov Superligada 32 o'yinda maydonga tushdi va o'z darvozasidan 28 marotaba to'p olib chiqdi. Mazkur uchrashuvlardan 9 tasida kiper o'z darvozasini quruq saqlashga erishdi.

Qayd etish kerakki, "Mashal" akademiyasi tarbiyalanuvchisi sanalgan O'tkir Yusupov bunga qadar "Nasaf", "Neftchi" hamda "Qo'qon-1912" jamoalari sharafini himoya qilgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar