So’nggi yangiliklar

11:58"Насаф" голлар шоусида ОКМКни мағлуб этган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 11:27Футзал. Бугун Фарғонада 10-тур старт олади, пешқадам БМБ "Пахтакор"га қарши  0 11:11Жозе Моуриньо собиқ жамоасига қайтмоқчи  6 10:45Ильгиз Танташев ЖЧ-2026 саралаш ўйинига тайинланди  1 10:36«Челси» 17 ёшли болакай учун 30 миллиондан воз кечишга тайёр  0 10:11ПСЖ президенти журналистнинг саволига кескин жавоб қайтарди  5 09:45Тиаго Силва янги жамоаси билан шартнома имзолади  4 09:19Мбаппенинг «Боруссия»га қарши учрашувдаги ҳаракатлари 2 баҳога лойиқ кўрилди  15 08:53Месси ХХI асрда ушбу натижага эришган биринчи футболчига айланди  10 08:26Луис Энрике ПСЖнинг EЧЛдан чиқиб кетишига муносабат билдирди  18 08:00ПСЖ — «Боруссия» учрашувининг «man of the match» соҳиби маълум  14 07:32Эрон чемпионати. Остон рамзийдан жой олди, Машариповчи?  5 07:07Аббосбек Файзуллаев РПЛ рамзий терма жамоасидан ўрин олди  5 06:20Чемпионлар лигаси 1/2 финал. ПСЖ - "Боруссия Д" 0:1  3 06:127та гол урилган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  3

"Navbahor" va boshqa jamoalar taklifi? Qadrdon jamoamga qaytdim" - yoxud "Olimpik" hujumchisining yangi mavsumdagi rejalari malum Yangiliklar

"Navbahor" va boshqa jamoalar taklifi? Qadrdon jamoamga qaytdim" - yoxud "Olimpik" hujumchisining yangi mavsumdagi rejalari malum

O'tgan mavsumda Superligada ilk bor debyut qilgan "Olimpik" tom manoda raqiblari uchun "chaqilmas yong'oq" bo'la oldi.

Garchi ularda asosiy maqsad olimpiya terma jamoasiga futbolchi etkazib berish bo'lsada, chempionat bahslarida har bir o'yinda jiddiy kurash taklif qilishdi. Ijara asosida to'p tepgan Po'latxo'ja Xoldorxonov bu borada o'zining fikrini bildirish bilan birgalikda, keyingi yil faoliyatini qaerda o'tkazishiga ham aniqlik kiritib o'tdi.-

- Yaqinda "Olimpik"dan ketganingizni elon qildingiz. Buni avvaldan rejalashtirganmidingiz yoki mavsum yakunidagi takliflardan kelib chiqib shu qarorga keldingizmi? 

- "Olimpik" meni bir yilga ijaraga olgan edi. SHu vaqt ichida jamoaga yordamim tekkan bo'lsa, xursandman. Superligada o'yin amaliyotiga ega bo'ldim. Berilgan ishonchni oqlashga harakat qildim. Mavsum nihoyasiga etgach ijara muddatim yakunlandi. Qadrdon jamoam "Paxtakor"ga qaytdim. 

- Timur Kapadze bilan ishlash qanday bo'ldi?

- Avvalo jamoadagi barchaga, Timur Kapadzega o'zimni minnatdorchiligimni bildiraman. Ozmi-ko'pmi o'sishga erishdim. Katta tajriba oldim, deya olaman. Menimcha, "Olimpik"da o'ynayotan har bir futbolchida bunday imkoniyat bo'ldi. Superligada kuchli raqiblarga qarshi maydonga chiqdik. 

- Mana shu uchrashuvlarda natija va tajribadan tashqari yana qanday muhim narsa olindi? 

- "Olimpik" Parij-2024 olimpiadasi yo'lida tuzilgan jamoa. Bu degani ko'proq tajriba olish kerak. Ikkinchidan g'oliblik hissini o'zimizga singdirdik. Yutsak bo'lar ekan-ku, qo'limizdan kelar ekan, degan ishonch paydo bo'la boshladi. Bu jamoada iqtidorli futbolchilar jamlangan.

- Sizga "Navbahor" taklif bilan chiqqani haqida xabarlar paydo bo'ldi. Ammo "Paxtakor" buni rad etdi. Bundan xabaringiz bormidi? Takliflarga qanday munosabatda bo'lyapsiz?

-  Hozir takliflar, qiziqishlar va boshqa masalalarni o'ylayotganim yo'q. Buning payti ham emas, deb o'ylayman. CHunki "Paxtakor"ga qaytib to'p tepishni va gollarim bilan naf keltirishni o'ylamoqdaman.

- "Paxtakor"dagi debyutingiz va ilk golingiz OCHL uchrashuviga to'g'ri kelgan. Demak ikkinchi bor bunday imkoniyat bo'lishi ehtimoli katta. Ayniqsa hozirda hujum chizig'iga raqobatdan kelib chiqsak...

- Bu jamoada doim har qanday davrda sifatli futbolchilar jamlangan. Hujum chizig'ini kuchsiz demagan bo'lardim. O'z o'yinimni ko'rsatishga va gollar bilan g'alabalar keltirishga harakat qilaman. 

- Jahon chempionati finalini terma jamoa azolari bilan tomosha qildingiz. Futbolchilar orasida qandaydir qiziqarli bahslar yuzaga keldimi?

- Ayni paytda terma jamoa bilan yig'inda bo'lib turibmiz. SHu bois finalni birga tomosha qildik. Ikki jamoaga ham muxlislik qilganlar bo'ldi.  Final uchrashuvi qanday o'tganini, hissyotlarini hamma ko'rdi. Menimcha turnirning so'nggi o'yini bunday darajada hali bo'lmagandi. Tortishuvlar, keskinliklar, gollar va penaltilar seriyasi, shunchaki ajoyib. Yakunda men muxlislik qilgan Argentina g'alaba qozondi. 

- Franciyaga muxlislik qilganlarga nima deya olasiz?

- Franciya muxlislariga sabr tilayman. Ular oltin medallarga juda yaqin keldi. Keyingi Jahon chempionatida omad tilayman. 

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика