So’nggi yangiliklar

13:05"Бавария" "Арсенал" аъзосини Санега ўринбосар сифатида кўрмоқда  0 12:37МЮ ва "Астон Вилла" "Челси" футболчисига даъвогар. Лондонликлар мўмайгина пул ишлаб олмоқчи  2 12:09Дарвозабон излаётган МЮда 2 та вариант бор  1 11:41"Динамо" Беларусга йўл олди  3 11:20"Бунёдкор" Иномов ортга қайтганини эълон қилди  0 10:55“Барселона“ яна бир ТОП футболчи учун курашда енгилди  4 10:28Сенсация қайд этган Энцо Мареска финалдан сўнг нималар деди?  23 09:55Расман. Бразилия терма жамоаси аъзоси Россия клубига ўтди  0 09:20Энрике мағлубият ҳақида фикр билдирди  33 08:41Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг икки нафар футболчиси “Нефтчи“ билан шартнома тузди  5 08:07Клублар ўртасидаги ЖЧнинг энг яхши футболчиси аниқланди  21 07:35“Андижон“ легионер дарвозабон билан шартнома тузди  8 07:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Челси" - ПСЖ 3:0  9 02:13"Челси" - жаҳон чемпиони!  171 01:45U-20 Жаҳон чемпионатини биргаликда қабул қиламиз. Бу қандай бўлади?  2

"Navbahor" Turkiyadagi yig'inni durang bilan yakunladi Yangiliklar

"Navbahor" Turkiyadagi yig'inni durang bilan yakunladi

O'z o'quv - mashg'ulot yig'inini Turkiyada olib borayotgan Namanganning “Navbahor” jamoasi mazkur yig'in doirasidagi so'nggi - sakkizinchi nazorat – sinov bahsini bugun Norvegiyaning “Eydsvold” (Tern) jamoasiga qarshi o'tkazdi.

Belek shahridagi “Suena” stadionida bo'lib o'tgan mazkur o'yinda durang – 1:1 hisobi qayd etildi.

Mazkur o'yinning 15-daqiqasida norvegiyaliklar  "Navbahor" darvozasiga to'p kiritib, 1:0 hisobida oldinga chiqib olishdi. Oradan 5 daqiqa o'tar-o'tmas, namanganliklar 11 metrli jarima zarbasi tepish huquqini qo'lga kiritishdi.

Penaltini esa Amirbek Jo'raboev aniq amalga oshirib, muvozanatni tikladi – 1:1.

Natijada tanaffusga har ikki jamoa azolari 1:1 hisobidagi durang natija bilan chiqib ketishdi.

Bahsning ikkinchi bo'limida garchi har ikki jamoada bir qator vaziyatlar yuzaga kelgan bo'lsa-da, futbolchilar undan samarali tarzda foydalana olishmadi.

Natijada 1:1 hisobi o'zgarishsiz qoldi.

Mazkur bahsda "Navbahor" ustozi Andrey Kanchelskis maydonga quyidagi futbolchilarni tushirdi: Dilshod Hamroev, Mirkomil Lokaev, Obid Jo'raboev, G'iyosjon Komilov, SHahzodbek Hamidov, Amirbek Jo'raboev, Sardor Telyakov, Abdulhay Ismoilov, Husayn Ergashboev, Zabihillo O'rinboev, Anvar Hojimirzaev.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Islom Abdullaxonov, Komil Tojiddinov, Xurshid Muxtorov.   

Eslatib o'tamiz, Turkiyadagi yig'in davomida namanganliklar 8ta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishdi.

Mazkur nazorat - sinov bahslarida “lochinlar” Turkmanistonning “Axal” klubini 1:0, Serbiyaning “Rad” jamoasini 2:1, Armanistonning “Uest” klubini 2:0 hisoblarida mag'lubiyatga uchratib, Ukrainaning “Kolos” jamoasi bilan 0:0, Qozog'istonning “Jetisu”, Gruziyaning “Samtredia” va  Norvegiyaning “Eydsvold” klublari bilan bo'lgan o'yinlarda 1:1 hisoblaridagi durangga imzo chekishdi.

"Navbahor" bo'lib o'tgan 8ta bahsning faqatgina bittasida - Gruziyaning “Dinamo” (Batumi) klubiga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.

O'z navbatida batumiliklar bilan bo'lgan bahsda “Navbahor”ning bir qator etakchi futbolchilariga dam berilgani, gruziyaliklar g'alaba to'pini penaltidan kiritganliklarini ham qayd etish joiz.

SHu tariqa, Andrey Kanchelskis shogirdlari Turkiyadagi o'quv-mashg'ulot yig'inini bugun yakunlashdi.

Namanganliklar ertaga yurtimizga qaytishadi.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика