"Navbahor" To'xtasinovga oyiga 100 million so'm maosh taklif qildi"
06 dek 2021 16:44
Yangiliklar
"Navbahor" To'xtasinovga oyiga 100 million so'm maosh taklif qildi"
"Bunyodkor" klubi bosh direktori Ulug'bek Mirzaev championat.asia saytiga jonli efirda intervyu berdi.
Intervyu jarayonida Mirzaev transfer xabarlari haqida ham gapirdi.
"Navbahor" klubi "Bunyodkor" yarim himoyachisi Nurillo To'xtasinovga taklif bilan chiqibdi. Eshitishimga qaraganda Namangan klubi To'xtasinovga oyiga 100 million maosh taklif qilibdi. Lekin "Navbahor" klubining bizdan 35 million so'm qarzi bor. Bunga ham 2 yildan oshib ketdi. SHu yil yozda bu masala ko'tarilganida bizga ozgina muhlat beringlar, moliyaviy muammolar bor deyishdi. Qachongacha muhlat beraylik deganimda yil oxirigacha deyishdi. 35 million so'mni berish uchun 6 oy muhlat so'ragan klub qanday qilib futbolchiga oyiga 100 million so'm maosh bermoqchi?", - dedi Ulug'bek Mirzaev.
Fikrlar