So’nggi yangiliklar

00:04АПЛ. "Ливерпуль" - "Лестер". Асосий таркиблар маълум!  2 23:52"Барселона"нинг ёздаги илк трансфери ким бўлади?  3 23:10"Фулхэм" сўнгги марта "Челси" майдонида қачон ғалабага эришганди?  3 22:49"Бухоро-W" қизлари Қозоғистон жамоасига қарши ўртоқлик ўйини ўтказди  3 22:12МТРК учун футбол мусобақаларини ёритишга мослашган КТС сотиб олинади  11 21:57ДАҲШАТ! "Фулхэм" дербида "Стэмфорд Бриж"да ғалабага эришди!  29 21:34АПЛ. "Вулверхэмптон" - "Манчестер Юнайтед" баҳси асосий таркиблар маълум!  19 21:09"Манчестер Сити"да нохуш статистикалар  2 20:52Пеп Гвардиола: "Бизда ҳозир шундай даврки..."  9 20:19Аканжи: "Адолатсиз натижа"  6 19:56Моуриньюнинг "Фенербахче"си Абдуқодир Ҳусанов бўйича таклиф билан чиқмоқчи  32 19:32"ФарДУ" клубида мавсум якунларига бағишланган тақдирлаш маросими ўтказилди  2 19:24Муваффақиятсизлик давом этади: "Манчестер Сити" бу сафар ўз уйида "Эвертон" билан дуранг ўйнади, Холанд пенальтидан гол ура олмади  33 19:10АПЛ. Тез орада бошланадиган "Челси", "Тоттенхэм" ва бошқа жамоалар иштирокидаги ўйинлар учун таркиблар маълум  6 18:48"Шўртан": Суперлигага тайёргарлик давом этмоқда  1

"Navbahor" tepgan penalti xato deb topildi. 16-turdagi bahsli vaziyatlar yuzasidan Ekspert-hakamlar komissiyasi xulosasi Yangiliklar

"Navbahor" tepgan penalti xato deb topildi. 16-turdagi bahsli vaziyatlar yuzasidan Ekspert-hakamlar komissiyasi xulosasi

Joriy yilning 19 avgust sanasida Superliga 2024 yilgi mavsumning 16-turi yakuniga etdi.

O'zbekiston futbol hakamlari markazi mazkur uchrashuvlar tugagach, Ekspert-hakamlar komissiyasining navbatdagi yig'ilishini o'tkazdi va tur doirasida kuzatilgan bahsli vaziyatlar tahlil qilindi. Bu bellashuvlarda jami 10 ta bahsli vaziyat yuzaga keldi.

Quyida ularning batafsil izohi va chiqarilgan yakuniy qarorlar bilan tanishishingiz mumkin:

1-vaziyat. "Metallurg" - "Neftchi" qarama-qarshiligi: bahsli qizil kartochka.

"Metallurg" - "Neftchi" uchrashuvining 90+4-daqiqasida mehmonlarning 17-raqamli futbolchisi mezbonlarning 15-raqamli azosining oyog'iga butsasining tag qismi bilan jiddiy zarba berdi. Bosh hakam To'rabek Suyunov dastlab fol qayd etdi, ammo kartochka ko'rsatmadi. VAR hakami referini monitor yoniga chaqirgach, futbolchiga qizil kartochka ko'rsatildi.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda VAR holatga to'g'ri aralashgan. Futbolchi raqibiga nisbatan o'ta qo'pol harakat qilgan. Bu kabi hollarda to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka ko'rsatilishi lozim. Ekspert-hakamlar komissiyasi hakamlarning qarori to'g'ri ekanini malum qiladi.



2-vaziyat. "Olimpik" - "So'g'diyona" qarama-qarshiligi: bahsli penalti.

"Olimpik" - "So'g'diyona" uchrashuvining 90+8-daqiqasida mezbonlar qulay vaziyatga ega bo'ldi. Darvozaga qarab ketayotgan maydon egalarining 16-raqamli futbolchisiga nisbatan qo'pollik ishlatildi. Bosh hakam Nikita Mustafin dastlab penalti belgiladi, ammo VAR hakami uni monitor yoniga chaqirgach, referi 11 metrlik jarima zarbasini bekor qildi va qoidabuzarlik sifatida mehmonlar darvozasi tomon jarima zarbasi belgiladi.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda VAR holatga to'g'ri aralashgan. Qo'pollik ishlatilgan vaqtda hujum qilayotgan futbolchi hali jarima maydoni ichiga kirmagan. Ekspert-hakamlar komissiyasi hakamlarning qarorini to'g'ri, deb topdi.



3-vaziyat. "Dinamo" - OKMK qarama-qarshiligi: bahsli penalti.

"Dinamo" - OKMK uchrashuvining 16-daqiqasida mehmonlar qulay vaziyatga ega bo'ldi. Darvozaga qarab ketayotgan maydon egalarining 99-raqamli futbolchisiga nisbatan raqib jarima maydonida qo'pollik ishlatildi. Bosh hakam G'ayrat Jo'raev penalti belgiladi, VAR ham uning qarorini maqulladi.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda himoyachi raqibiga nisbatan qo'pol harakat qilgan. Ekspert-hakamlar komissiyasi hakamlarning qarorini to'g'ri, deb hisoblaydi.



4-vaziyat: "Dinamo" - OKMK o'yini: bahsli 11 metrlik jarima zarbasi.

"Dinamo" - OKMK uchrashuvining 47-daqiqasida mehmonlarning 10-raqamli futbolchisiga nisbatan raqib jarima maydonida to'p uchun kurashda qo'pollik ishlatildi. Bosh hakam G'ayrat Jo'raev nuqtaga ishora qildi, VAR ham uning qarorini maqulladi.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda himoyachi qulay imkoniyatga ega bo'lgan hujumchiga qarshi fol ishlatgan. Penalti belgilash uchun asos etarli. Komissiya hakamlarning qarorini to'g'ri, deb topdi.



5-vaziyat: "Dinamo" - OKMK o'yini: bahsli 11 metrlik jarima zarbasi.

"Dinamo" - OKMK uchrashuvining 90+1-daqiqasida mezbonlarning 8-raqamli futbolchisi raqib jarima maydonida darvozabon bilan to'p uchun kurashdi va maydonga yiqilib tushdi. Bosh hakam G'ayrat Jo'raev VAR orqali vaziyatni o'rgangach, penaltiga hech qanday asos yo'qligini takidladi va hujumchiga simulyaciya uchun sariq kartochka ko'rsatdi.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda futbolchi yiqilish uchun harakat qilgan. Penalti belgilash uchun asos etarli emas. Komissiya hakamlarning qarori to'g'ri ekanini malum qiladi.



6-vaziyat. "Andijon" - "Surxon" qarama-qarshiligi: bahsli penalti.

"Andijon" - "Surxon" uchrashuvining 45+4-daqiqasida mehmonlar qulay vaziyatga ega bo'ldi va maydon egalari jarima maydonida to'p qo'lga tekkan yoki tegmaganligi borasida bahsli vaziyat yuzaga keldi. Bosh hakam Doston Mirzarayimov o'yinni davom ettirdi, ammo VAR hakami uni monitor yoniga chaqirgach, termizliklar futbolchisining qoidabuzarlik ishlatganini qayd etdi va unga sariq kartochka ko'rsatdi.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda VAR holatga to'g'ri aralashgan. Hujumchi raqibiga nisbatan qo'pollik ishlatgan. Bu kabi hollarda fol qayd etiladi. Ekspert-hakamlar komissiyasi hakamning qarorini to'g'ri, deb hisoblaydi.



7-vaziyat: "Andijon" - "Surxon" o'yini: bahsli 11 metrlik jarima zarbasi.

"Andijon" - "Surxon" uchrashuvining 48-daqiqasida mezbonlarning 17-raqamli futbolchisi raqib jarima maydonida darvozabon bilan to'p uchun kurashdi va maydonga yiqilib tushdi. Bosh hakam Doston Mirzarayimov penaltiga asos etarli emas, deb topdi va bahsni davom ettirdi.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda to'pga darvozabon yoki hujumchi birinchi etib borganini isbotlaydigan kadr mavjud emas. Ekspert-hakamlar komissiyasi kamera rakursidan holat yaxshi ko'rinmaganini malum qilgan holda hakamning qarorini qo'llab-quvvatlaydi va uni to'g'ri, deb hisoblaydi.



8-vaziyat. "Navbahor" - "Bunyodkor" qarama-qarshiligi: bahsli penalti.

"Navbahor" - "Bunyodkor" uchrashuvining 53-daqiqasida mehmonlar qulay vaziyatga ega bo'ldi. To'pga qarab ketayotgan toshkentliklarning 41-raqamli futbolchisini maydon egalarining 13-raqamli himoyachisi qo'pollik bilan to'xtatib qoldi. Bosh hakam Sultonmurod Abdurahmonov VAR orqali vaziyatni o'rgangach, nuqtaga ishora qildi va himoyachiga sariq kartochka ko'rsatdi.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda himoyachi raqibiga nisbatan qo'pollik ishlatgan. Ekspert-hakamlar komissiyasi hakamlarning qarorini to'g'ri, deb hisoblaydi.



9-vaziyat. "Navbahor" - "Bunyodkor" qarama-qarshiligi: bahsli qizil kartochka.

"Navbahor" - "Bunyodkor" uchrashuvining 64-daqiqasida mehmonlarning 6-raqamli futbolchisi mezbonlarning 10-raqamli azosini qulay imkoniyatga chiqib borayotgan paytda qo'pollik ishlatib to'xtatib qolgan. Bosh hakam Sultonmurod Abdurahmonov dastlab himoyachiga kartochka ko'rsatmadi. Ammo VAR hakami uni monitor yoniga chaqirgach, referi qarorni qizil kartochkaga o'zgartirdi.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda VAR holatga to'g'ri aralashgan. Futbolchi qulay vaziyatga chiqib borayotgan raqibiga nisbatan oxirgi umid folini ishlatgan. Ekspert-hakamlar komissiyasi hakamning qarorini to'g'ri, deb hisoblaydi.



10-vaziyat: "Navbahor" - "Bunyodkor" o'yini: bahsli 11 metrlik jarima zarbasi.

"Navbahor" - "Bunyodkor" uchrashuvining 90+8-daqiqasida mezbonlarning 71-raqamli futbolchisi raqib jarima maydonida darvozabon bilan to'p uchun kurash olib bordi va maydonga yiqildi. Bosh hakam Sultonmurod Abdurahmonov nuqtaga ishora qildi.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda ikkita bahsli holat yuzaga kelgan va VAR hakamni monitor yoniga chaqirish kerak edi. Kadrlar orqali to'p qo'lga tekkan yoki tegmaganligini aniqlashning iloji yo'q. Ikkinchi vaziyatda darvozabon va hujumchi havoda ketayotgan to'p uchun kurash olib borgan va bu holat to'p uchun kurash sifatida qayd etiladi. Penalti belgilash uchun asos etarli emas. Komissiya hakamlarning qarorini noto'g'ri, deb topdi.


Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика