"Navbahor": Tayyorgarlik davom ettiriladi
17 jan 2017 15:51
Yangiliklar
"Navbahor": Tayyorgarlik davom ettiriladi
Ayni paytda Qibrayda boshlangan mashg'ulotda bir necha kun oldin “Navbahor” azosiga aylangan serbiyalik hujumchi Nemanya Yovanovich ham ishtirok etmoqda. SHuningdek, o'tgan mavsum ikkinchi yarmini “Olmaliq”da o'tkazib, jamoaning dekabr oyidagi yig'inida qatnashgan darvozabon Akmal Ortiqov ham safga qo'shildi. SHu kunlarda jamoa ixtiyoriga yangi o'yinchilarni etib kelishi kutilmoqda. SHu o'rinda jamoada yangi shifokor ish boshlaganligini ham qo'shimcha qilish joiz. Oldingi yillarda Bekobodning “Metallurg” klubida ish yuritgan Baxtiyor Mirsagatov endilikda “Navbahor”da faoliyat olib boradi.
Navbatdagi bosqich davomida uchta nazorat uchrashuvini o'tkazish rejalashtirilgan. Ertaga “Qo'qon-1912” jamoasi "Navbahor" raqiblik qiladi. Navbatdagi uchrashuvlar esa “Metallurg” (21 yanvar) va “Buxoro” (26 yanvar) jamoalariga qarshi bo'lib o'tadi.
Fikrlar