So’nggi yangiliklar

01:28Самвел Бабаян: “Бизда бир қатор йўқотишлар бор. Гуруҳдан чиқиш вазифасини бажаришимиз керак”  3 01:10Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди  51 00:55“Ал Аҳли” бош мураббийи: “Андижон” мусобақа давомида кучли жамоалигини кўрсатди”  1 00:32Англия лига кубоги. "Арсенал" – "Кристал Пэлас". Таркиблар аниқ!  3 00:25"Челси" Семеньо трансферидан воз кечди  1 23:55"Милан" Ориги билан шартномани бекор қилганини эълон қилди  1 23:34Винисиус мухлисларнинг муносабати туфайли "Реал"даги келажагига шубҳа қилмоқда  2 22:52"Ювентус" "Интер" ярим ҳимоячисини қишда ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:13Расман: "Лион" Эндрикни "Реал"дан ижарага олди  1 21:34ФИФА "Ал Насср"га қўйилган трансфер тақиқини бекор қилди  6 21:09"Бавария" етакчиси Австрияни забт этди  0 20:42Futsal Awards-2025 маросими ўтказилади  0 20:25"Рома" МЮ ҳужумчисини қўлга киритишга яқин  2 19:58"Барселона" Тер Штегеннинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  1 19:30Апелляция иш берди: ПСЖ футболчисининг жазоси енгиллашди  3

"Navbahor": Tayyorgarlik davom etmoqda Yangiliklar

"Navbahor": Tayyorgarlik davom etmoqda

Teglar :  Navbahor
Jamoamiz azolari 12 mart kuni Farg'onadagi “Istiqlol” o'yingohida bo'lib o'tadigan “vodiy derbi”si maqomiga ega bo'lgan “Neftchi” – “Navbahor” uchrashuviga qizg'in tarzda hozirlik ko'rishmoqda.

Ayni paytda tarkibdagi barcha futbolchilar mashg'ulotlarda to'liq kuch bilan qatnashishmoqda. Bundan biroz vaqt oldin jamoamiz azolari bugungi kunga rejalashtirilgan mashg'ulotni yakuniga etkazishdi. Mashg'ulot davomida futbolchilar asosan to'p bilan bog'liq mashqlarni bajarishdi. CHempionat boshlanishi arafasida jamoamiz safiga qo'shilgan ukrainalik futbolchi Vladislav Pavlenko kecha tibbiy ko'rikdan o'tish uchun Toshkentga ketgandi. SHifokorlar ko'rigidan muvaffaqiyatli tarzda o'tgan Pavlenko ham bugun mashg'ulotda qatnashdi. Yana bir legoner Xyunyeon CHoy masalasi ham bugun hal bo'lishi kerak edi. Futbolchi dastlabki tibbiy ko'rikdan o'ta olmaganligi sababli, shifokorlar CHoyni chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rikdan o'tkazishmoqda. Koreyalik futbolchi bugun yana bir bor tekshiruvdan o'tdi. Tahlil xulosalari esa hozircha taqdim etilganicha yo'q.

Eslatib o'tamiz, Farg'onadagi “Istiqlol” o'yingohida bo'lib o'tadigan “vodiy derbi”si 12 mart kuni soat 17.00da boshlanadi. Yoshlar birinchiligidan o'rin olgan uchrashuv esa ertaga Kirgulidagi “Neftchi” futbol klubi qarorgohi maydonida soat 16.00da boshlanadi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика